O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI QO’MITALARI HUZURIDA EKSPERTLAR GURUHI TO’ G’RISIDAGI NIZOM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015- yilga va keyingi yillarga mo’ljallangan tashkiliy - huquqiy tadbirlari , qonun ijodkorligi va nazorat - tahlil ishlari Dasturini amalga oshirish chora - tadbirlar rejasida qonun loyihalarining turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, fuqarolik jamiyati institutlarida samarali muhokamasini tashkil qilish maqsadida Qonunchilik palatasi qo’mitalari huzurida ekspertlar guruhlarini tuzish nazarda tutilgan.
Aynan shu munosabati bilan kuni kecha parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo’mitalari huzurida ekspertlar guruhi to’g’risidagi Nizom joylashtirildi, deya xabar beradi Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Parlament quyi palatasi tegishli qo’mitalari huzurida ekspertlar guruhlari tuzishning asosiy maqsadi sifatli tatbiq etilishi, muvofiqliligi va tizimliligini ta’minlovchi qonun hujjatlarining ishlab chiqilishini ta’minlashdan iborat. Qonun loyihalarini tayyorlashda o’z faoliyatini ijtimoiy munosabatlarning turli sohalarida amalga oshiradigan ekspertlar, yuqori malakali mutaxassislarning fikr-mulohazalarini hisobga olish muhimdir.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ishlab chiqilgan Nizom ham deputatlar, ham ekspertlar hamiyati orasida katta qiziqishga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda deputatlar korpusi ushbu Nizomni keng muhokama qilmoqda. Deputatlar va ekspertlarning fikricha, qonun loyihalarini ishlab chiqishda ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish lozim. Bundan tashqari, deputatlar ta’kidlaganidek, Qonunchilik palatasi ekspertlarni qonun loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilar ekan, shu tariqa ilmiy-tekshirish institutlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Bugungi kunda qonunni ishlab chiqish va qabul qilishning o’zi yetarli emasligini nazarda tutish muhimdir. Qonun ijrosini ta’minlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish zarur. Shu ma’noda deputatlar korpusiga ekspertlarning malakali fikr-mulohazalari qimmatli hisoblanadi. Ekspertlar faoliyatidan mumkin qadar ko’proq samara olish uchun ekspertlar guruhi huzurida faoliyat ko’rsatadigan qo’mita faoliyati haqidagi axborotga ega bo’lishi uchun imkoniyat yaratish zarur. Shu nuqtai nazardan qabul qilingan Nizom ekspertlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun sharoit yaratadi. Xususan, Nizomda ekspertlarga Qonunchilik palatasining tegishli qo’mitasidan o’z faoliyatini amalga oshirish, qonun loyihalari yuzasidan xulosalar va tavsiyalar tayyorlash uchun zarur axborot olish vakolati va boshqa qator muhim vakolatlar berilgan.
Shu bilan birga ekspertlar guruhlarining samarali faoliyatini ta’minlash uchun, nazarimizda, zarurat bo’lganda qo’mita raislari ishtirokida ekspertlar hamjamiyatining qo’shma yig’ilishlarini o’tkazish va yig’ilishlarda qabul qilinadigan qonun loyihalarini muhokama qilish zarur.
“Jahon” AA