Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlamentdagi ko‘pchilik – Demokratik kuchlar blokini tashkil etish to‘g‘risida axborot

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlamentdagi ko‘pchilik – Demokratik kuchlar blokini tashkil etish to‘g‘risida axborot

14-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida Demokratik kuchlar blokini tuzish masalasi muhokama etildi.

Majlis ishtirokchilari ta’kidladilarki, mamlakatni demokratik modernizatsiya qilish jarayonida hokimiyat bo‘linishining va xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy prinsiplari asosida zamonaviy, demokratik talablarga javob beradigan parlament tizimini shakllantirish, davlat hokimiyati organlari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roli va o‘rnini oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmlarini shakllantirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda parlamentarizmni rivojlantirishda 2010-yil noyabrda parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek, 2010-2014-yillarda ushbu Konsepsiya asosida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy va qonunchilik islohotlari muhim ahamiyatga ega.

Konstitutsiyani rivojlantirish tarixida ilk marotaba mamlakatimizning Asosiy qomusida parlament va jamoatchilik nazorati instituti, ularni amalga oshirish mexanizmlari mustahkamlab qo‘yildi. Shubhasiz, siyosiy partiyalar yetukligining tobora yuksalib borayotgani, ular fraksiyalarining Qonunchilik palatasidagi samarali faoliyati, shuningdek, fuqarolarimizning huquqiy ongi, siyosiy va huquqiy madaniyati saviyasi mazkur konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim poydevori, ularni ro‘yobga chiqarishning hal qiluvchi sharti bo‘ldi.

Davlatning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish va ro‘yobga chiqarishda mamlakatimiz qonun chiqaruvchi oliy organining vakolatlari va imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilgan oxirgi tuzatishlar parlament faoliyatining hamda unda o‘z vakillariga ega bo‘lgan siyosiy partiyalarning roli va ahamiyatini sezilarli ravishda kuchaytirdi.

Iqtisodiy, siyosiy, gumanitar va sud-huquq sohasini rivojlantirishga doir eng muhim masalalar yuzasidan O‘zLiDeP va “Milliy tiklanish” DP nuqtai nazarlari hamda dasturiy maqsadlarining yaqinligini e’tiborga olgan holda, shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratik yangilash vazifalarini samarali ro‘yobga chiqarishda sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida qo‘shma majlis ishtirokchilari ushbu ikki partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalaridan tarkib topgan, Qonunchilik palatasida parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi Demokratik kuchlar blokini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildilar.

“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 2-moddasi blokni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib, unda bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘z dasturiy maqsad-vazifalarining yaqinligidan yoki o‘xshashligidan kelib chiqqan holda, parlament ko‘pchiligini tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Bunday amaliyot rivojlangan demokratik mamlakatlarning parlamentlarida keng tatbiq etilmoqda.

Majlis ishtirokchilari parlamentning avvalgi chaqiriqlarida Demokratik blok faoliyat ko‘rsatganligi ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan holda sa’y-harakatlarni birlashtirish siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari faoliyati samaradorligini kuchaytirishga, shuningdek, ularning saylovoldi platformasida belgilangan ustuvor dasturiy vazifalarini amalga oshirishga imkon yaratishini ko‘rsatganligini ta’kidladilar.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturini samarali ijro etishni Demokratik kuchlar blokining asosiy maqsadlari sifatida belgilab olish zarurligi qayd etildi.

Bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash, milliy an’analar va qadriyatlarni saqlash uchun, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hayotiy muhim qonunlarni kiritish va ilgari surishni, xususiy mulkni, tadbirkorlik ishini himoya qilishning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Demokratik kuchlar bloki ikki partiya fraksiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim asosida amal qiladi. Blokka birlashgan partiya fraksiyalari masalalarni oldindan muhokama etish va ular bo‘yicha yakdil nuqtai nazarni ishlab chiqish bilan bir qatorda o‘z dasturiy maqsad-vazifalariga muvofiq faoliyat ko‘rsatish huquqini ham saqlab qoladilar.

Muhokama yakunlariga ko‘ra Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.

* * *

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma brifingi bo‘lib o‘tdi. Brifingda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Parlament fraksiyalarining rahbarlari Oliy Majlis quyi palatasida tashkil etilgan Demokratik kuchlar blokining maqsadlari va ustuvorliklari, uning birinchi navbatdagi vazifalari to‘g‘risida batafsil axborot berdilar. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan batafsil axborot oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Axborot xizmati