O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida axborot
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.
Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisini joriy yilning 27-sentabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Senatning yalpi majlisi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan masalalar kiritilmoqda.
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi (yangi tahrir), “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini, aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash va uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, senatorlar xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlarini ham ko‘rib chiqadilar, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining axborotini eshitadilar.
Yalpi majlisda Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobоti eshitiladi.
Senat a’zolari qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - moliya vaziriga parlament so‘rovi yuborish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n oltinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Senat Kengashi tomonidan ishchi guruh tuzildi.
Majlisda Senat Kengashi vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.