Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Qurilish ob’ektlarida ishlayotganlarning ko‘pchiligi quruvchi emas

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Qurilish ob'ektlarida ishlayotganlarning ko‘pchiligi quruvchi emas

Mamlakatimizda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shahar va kishloqlarimizning me’moriy qiyofasini loyihalashtirishda innovatsion yondashuvlar va qurilish sifatini tahlil qilish, “aqlli shahar” konsepsiyasini joriy etish borasida mutaxassislar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a’zosi Qutlimurat Babashev O‘zA muxbiriga ma’lumot berdi:

– Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining negizini uning huquqiy asoslari tashkil etadi, – dedi Q.Babashev. – Mamlakatimizda shaharsozlik sohasi 100 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinmoqda. – Mazkur yo‘nalishdagi asosiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi bo‘lib, unda sohani tartibga solish bo‘yicha zarur norma va tushunchalar berilgan. Qurilish ishlarini amalga oshirishda birinchi navbatda inson xavfsizligini ta’minlashga alohda e’tibor qaratiladi.

Biroq sohada muammolar ham bor. Bugungi kunda amaldagi 337 ta shaharsozlik norma va qoidalari, 128 ta davlat standartlari mavjud bo‘lib, ularning ko‘pi zamon talablariga javob bermayapti. Mavjud 1 ming 200 ta shahar, aholi punktlari bosh rejalarining taxminan 70 foizini qayta ishlab chiqish zarur. Ayni paytda qurilash sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish esa 30-40 foizni tashkil etmoqda. Qurirish ob’ektlarida ishlayotganlarning 80 foizidan ortig‘i quruvchi emas.

Sifatni boshqarish tizimida xalqaro tan olingan usullar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi galda sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish zarur. Kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, bo‘lajak mutaxassislarni malakasini oshirish kerak. Shuningdek, sifatli qurilish materiallarini ishlab chiqarishda tabiiy sharoitni hisobga olish, sinov-laboratoriyalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish lozim. Muhimi, loyihalash-qurilish ishlari jarayonida yuqori aniqlikni ta’minlash bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Shularni inobatga olib mavjud muammolarni bartaraf etish, sohaga oid takliflarni o‘rganib chiqish borasida tizimli ishlarni olib bormoqdamiz.

O‘zA