Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida Axborot

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida Axborot

2019-yil 18-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev olib bordi.

Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisini joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Yalpi majlis kun tartibiga mamlakatimiz taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Yangi tahrirdagi “Turizm toʻgʻrisida”gi, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi, “Qurol toʻgʻrisida”gi, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014-yil 11-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.

Senatorlar tomonidan Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobоti ham eshitiladi.

Senat aʼzolari Istiqbolli turizm yoʻnalishida Oʻzbekiston xalqaro imijini oshirish choralari toʻgʻrisida, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi holati toʻgʻrisida hukumatga parlament soʻrovlari yuborish masalasini muhokama qiladilar, shuningdek ilgari yuborilgan parlament soʻrovlari natijalarini koʻrib chiqadilar.

Yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinadi.

Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va devonining yigirmanchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tuzildi.

Shuningdek, majlisda Kengash vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

www.uza.uz