Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

2018-yil 29-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi davom ettirildi.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitdilar.

Ta’kidlanganidek, 2018-yilning o‘tgan davrida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda ifoda etish va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 yanvardagi nutqida va 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha kompleks ishlar amalga oshirilgan.

Tovarlar eksportini amalga oshirish masalasida AQSh, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Belgiya, Bangladesh, Hindiston, Italiya, Malayziya, Latviya, Xitoy, Koreya, Chexiya, Tailand va BAAda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishda mamlakatimiz kompaniyalari hamda korxonalariga vazirlik tomonidan amaliy ko‘mak berilgan. Ko‘rgazmalar yakunlari bo‘yicha qariyb 83,5 million dollarlik savdo shartnomalari imzolangan.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida 2018 yilning yanvar-may oylarida xorijga tashriflar va muloqotlar natijasida qiymati 17 milliard dollarlik 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to‘g‘risida dastlabki kelishuvga erishildi. Joriy yil 1 iyun holatiga ko‘ra, diplomatik missiyalar tomonidan 10,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashildi.

Muhokama chog‘ida Tashqi ishlar vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yanada samarali bajarishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar mavjudligi ham qayd etildi. Xususan, tovarlarni eksport qilish, investitsiyalar va turistlarni jalb etish masalalari bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar tomonidan vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan takliflar sohaga ixtisoslashgan idoralar, hokimliklar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ta’minlanmayapti.

Senatorlar Tashqi ishlar vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Jumladan, xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanishlarning borishi to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatga xolis axborot yetkazish uchun “Dunyo” axborot agentligining faoliyatini kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi muassasalari faoliyatini nafaqat son, balki sifat ko‘rsatkichlariga, shuningdek idoralararo hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tatbiq etishga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Muhokama yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan so‘ng senatorlar Andijon viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitdilar.

Andijon viloyati hokimining hisobotida qayd etilganidek, viloyatni kompleks rivojlantirish va bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari salohiyatidan foydalanish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2017 yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmining o‘sishi 106,7 foizga yetgan. Tegishli dasturlar doirasida 1,5 trillion so‘mdan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilib, qariyb 3040 ta loyiha amalga oshirilgan. Buning evaziga 42,3 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan. 2476 ta xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyekti tashkil etilgan, tijorat banklari tomonidan ularga 1,2 trillion so‘mlik kredit ajratilgan.

O‘tgan yilda 99 ta korxona eksport qiluvchi korxonalar safiga qo‘shilgan. Natijada viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport qilinayotgan mamlakatlar soni 18 taga yetgan, eksport hajmi qariyb 130 million AQSH dollarini tashkil etgan.

130 ta ijtimoiy soha obyekti – shifoxonalar, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, ichimlik suv inshootlari foydalanishga topshirilgan. 24 ta qishloq massivida 1165 ta arzon uy-joy, shu jumladan profilaktika inspektorlari uchun 326 ta xizmat uyi barpo etilgan.

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Jumladan, jami 497 ming 162 ta xonadon (jami xonadonlarga nisbatan 93 foiz) birma-bir o‘rganib chiqilib, 200 ming 505 ta xonadon egalarining 2 trillion 959 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘iga xohishi borligi aniqlangan. Ushbu xonadonlarga birinchi bosqichda 800 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilgan.

Shu bilan birga, senatorlar Andijon viloyatida hududlarni rivojlantirishga hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar borligini, mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ta’kidladilar. Xususan, tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari lozim darajada ko‘rilmagani oqibatida 2018 yilning birinchi choragida 251 ta kichik biznes subyekti faoliyati to‘xtatilgan va ko‘plab ish o‘rinlari yo‘qotilgan. Aholi ehtiyojlariga mos ravishda ish o‘rinlari tashkil etish, mavjud ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish masalalari to‘liq hal etilmayapti.

Viloyatda aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy (suyultirilgan) gaz bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlash borasida muammolar mavjud. Elektr tarmoqlarining ayrim qismlari foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan. Joriy yilda gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha belgilangan reja bajarilmagan. Viloyatning ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirtalab ahvolda.

Muhokama yakunlari bo‘yicha mazkur muammolarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlari mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.

So‘ngra senatorlar To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni tartibga solish masalasini muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, o‘rganishlar davomida davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida 10 mingdan ziyod uchrashuv, davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Muhokamalarda 120 mingdan ortiq mutaxassis va ekspertlar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi. Respublika ishchi guruhi a’zolari, xususan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi tomonidan 250 mingdan ortiq fuqaro o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Davriy bosma nashrlarda oilaviy tadbirlar bilan bog‘liq 350 dan ziyod tahliliy-axborot materiale’lon qilindi, markaziy teleradiokanallarda 150 dan ziyod ko‘rsatuv, tok-shou va reportajlar, 450 dan ortiq eshittirish efirga uzatildi. Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan xabarlar 4 million marotaba o‘qildi, 1,3 milliondan ortiq fuqaro ishtirokida muhokama qilindi.

Takliflarni ishlab chiqishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, din idoralari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, to‘yxona, kafe va restoranlar egalari, san’at ahlining fikr-mulohazalari e’tiborga olindi.

Muhokamalar mobaynida joylarda allaqachon ixcham to‘ylar o‘tkazila boshlangani, bu tashabbusni xalqimiz xayrixohlik bilan qabul qilayotgani, qo‘llab-quvvatlayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bois xalqimizning milliy urf-odatlaridan, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni ixcham, kamxarj, dabdabasiz o‘tkazish zarur, degan xulosaga keldilar.

To‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarimiz asosida,kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchiligimiz va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.

Shuning uchun ham Senatning qabul qilingan qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ommaviy axborot vositalari hamkorlikda targ‘ibot ishlarini olib borishi zarurligi qayd etildi. Xususan, to‘ylarni o‘tkazishda milliy urf-odat va an’analarni mensimaslik, isrofgarchilik holatlarining oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi zimmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oilaviy tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan monitoring, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshiriladigan deputatlik va jamoatchilik nazorati natijalarini tahlil qilib, Senat Kengashiga muntazam ravishda tegishli axborot kiritib borish vazifasi yuklatildi.

Shundan so‘ng senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripovga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda, shu jumladan mamlakatimizning mudofaa salohiyatini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini qayd etdilar. Xususan, mamlakatning yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilinib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, milliy armiyani shakllantirish va rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yildi. Shu bilan bir vaqtda Qurolli Kuchlarni yanada isloh qilish va rivojlantirishga, mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda tobora o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyat tahlili, jamiyatning ma’naviy-axloqiy negiziga, o‘sib borayotgan avlodning ongiga axborotlar bilan ruhiy ta’sir o‘tkazishga urinishlar oshib borayotgani yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini, o‘smirlarning harbiy tayyorgarligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda.

Senat tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmat qilishga, ushbu xizmatni tashkil etish va o‘tashga oid hujjatlar ijrosi, shuningdek yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari o‘rganildi hamda tahlil qilindi.

Ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha senatorlar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash masalalari, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, chaqiruv yoshi chegarasini qisqartirish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimlariga kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, malakali, ish tajribasiga ega shaxslarni, shu jumladan zaxira va rezerv ofitserlarini tayinlash chora-tadbirlari to‘g‘risida asoslantirilgan izohlar berish iltimosi bilan parlament so‘rovi yuborildi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisini tayinlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Umuman olganda, o‘n beshinchi yalpi majlis davomida Senat vakolatlariga kiradigan 23 ta masala, shu jumladanmamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi 10 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

www.mfa.uz