Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyev boshqargan majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishga xizmat qilayotgani, natijada fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinib, jamiyatda adolat ta’minlanmoqda.

Majlisda muhokama etilgan “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” va “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni qo‘llash masalalari to‘g‘risida”gi Oliy sud plenumi qarorlari ham mohiyat-e’tibori bilan inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi qonunlarni bir xilda va to‘g‘ri qo‘llash hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yosh avlodni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlashga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilgan birinchi xalqaro-huquqiy shartnoma Bola huquqlari konvensiyasidir.

O‘zbekiston bola huquqlariga oid o‘nga yaqin xalqaro shartnomalarning ham a’zosi hisoblanadi. Mamlakatimiz ushbu xalqaro konvensiyalar orqali o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni izchillik bilan bajarib kelmoqda.

Mamlakatimizda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir 8 konstitutsiyaviy qonun, 16 kodeks va 650 dan ortiq qonun qabul qilingan. Bu qonun hujjatlari inson, xususan, bola huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Keyingi yetti yilda mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda qariyb 20 qonun qabul qilinganini ta’kidlash lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bola huquqlari mustahkam kafolatlangan. Jumladan, voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab qo‘yilgan.

2016-yil mamlakatimizda «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilingani va Davlat dasturi qabul qilingani bu boradagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot olish huquqini ta’minlash, bu borada Oila kodeksi normalari to‘g‘ri tatbiq etilishi bo‘yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud Plenumining ushbu qarori ishlab chiqildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning sog‘lom va har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishida ota-onalar mas’ul ekanligi, ular o‘zlarining voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini har doim ijtimoiy ta’minlashga majburligiga sudlar e’tiborini qaratishdan iboratdir.

Qonun hujjatlariga ko‘ra, bu majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona) dan aliment faqat sud qarori asosida undiriladi.

Plenum qarorida aliment to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutib, sudlarga bu qonun hujjatlariga qat’iy rioya etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oliy sud Plenumi yig‘ilishida ishtirokchilar tomonidan “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni qo‘llash masalalari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.

Konstitutsiyamizning 44-moddasiga muvofiq har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Shunga ko‘ra, Plenum qarorida arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishdan tugatishda sudlar protsessual huquq normalarini to‘g‘ri qo‘llashi yuzasidan rahbariy tushuntirishlar berildi.

Oliy sud Plenumi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan Plenum qarori loyihalari amaldagi qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llash, yagona sud amaliyotini shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlov samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ishtirok etdi.

* * *

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida umumiy yurisdiksiya sudlarining 2016-yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati natijalari hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sud-huquq sohasini demokratik asosda yanada isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlari jamiyatda qonun ustuvorligi, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari himoyasi borasida huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbarining sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash hamda sudlar faoliyatini yanada takomillashtirishga oid farmonlari sudyalarning bilim va malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etdi. Bu sud hokimiyatining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mustaqilligini mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

Umumyurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 139 mingdan ortiq ish ko‘rilib, ularning 87,9 foizi bo‘yicha hal qiluv qarori chiqarilgan, shundan 88,5 foiz ish bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning o‘tgan davrdagi faoliyati tahliliga qaraganda, ayrim jinoyat turlari, xususan, o‘g‘rilik, qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, yo‘l-transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish, transport vositasini olib qochish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, bezorilik kabi jinoyatlari uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari 2015-yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygan.

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida sudlar tomonidan yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 6 ming 934 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Hisobоt davrida 150 milliard so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan 2 ming 872 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 197 ming 607 nafar shaxsga nisbatan 158 mingdan ziyod ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Sudya va sud xodimlarining mas’uliyatini, kasb mahorati va malakasini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda sudlar faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama etilib, qat’iy munosabat bildirildi.

Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar tomonidan qonuniy va adolatli sud qarorlari qabul qilinishi sud hokimiyatining obro‘-e’tiborini yuksaltiradigan, aholining unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydigan muhim omil ekanligi qayd etildi.

O’zA