O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisini qabul qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasida alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Joriy yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston – AQSh strategik sherikligida yangi davrni boshlab bergan oliy darajadagi muzokaralar natijalari yuksak baholandi.
O‘zbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, shu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. Prezidentimiz O‘zbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng sharoitlar yaratishga asoslanganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish borasida aniq choralar ko‘rildi.
Bag‘rikenglik, mehr-oqibat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bilimga intilish kabi xalqimiz mentalitetining ma’naviy-ahloqiy asoslarini saqlash va boyitish, dinga aloqador madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston barchaning ta’lim olishiga keng imkoniyat yaratish, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, vijdon va din erkinligi hamda e’tiqod qiluvchilarning boshqa huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Samuel Braunbek samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli o‘zgarishlarni yuqori baholashi va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Mamlakatimiz diniy erkinlik va inson huquqlarini ta’minlashda katta muvaffaqiyatlarga erishgani alohida qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali, xususan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekani bildirildi.