Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi o‘rinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi o‘rinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi o‘rinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama aloqalarni yuksak darajada faollashtirishga xizmat qildi. Keyingi yilda yuqori darajada 80 dan ortiq o‘zaro tashriflar tashkil etildi. Sentabr oyida ikki davlat hukumatlari rahbarlari raisligida Hukumatlararo komissiya majlisi samarali o‘tdi. Keyingi oylarda mamlakatimiz hududlari Rossiyaning 28 sub’ekti bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘ydi.

Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 20 foizdan ortiq oshdi. Xaridorgir mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuchaytirish va istiqbolli qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Yaqin kunlarda Toshkent shahrida ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining forumlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu forumlarda ikki mamlakat hududlari, kompaniya va korxonalari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etadi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lajak davlat tashrifi kun tartibidagi iqtisodiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy rivojlanish vaziri davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Hukumat Raisi Dmitriy Medvedevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

www.president.uz