O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI "ISLOM HAMJIHATLIGI: O‘ZBEKISTON VA OZARBAYJON MISOLIDA" XALQARO KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARI BILAN UCHRASHDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni "Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida" xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilari delegatsiyasini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, ushbu konferensiya tashkil qilingani va uning ishida xorijiy mamlakatlardan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etgani jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik tobora kengayib borayotganidan dalolat ekanini alohida ta’kidladi.
Hamkorlikdagi bunday sa’y-harakatlar jahonda muqaddas islom dinining asl qadriyatlari va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, zamonamizning xalqaro terrorizm va ekstremizm singari tahdid va xatarlariga qarshi samarali kurashishga qaratilgani qayd etildi.
O‘zbekistonning «Jaholatga qarshi ma’rifat» – ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berish kabi prinsipial yondashuvlari nufuzli xalqaro forumlarda bir necha bor bildirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda bu yo‘nalishda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda, xalqaro hamkorlik kengaymoqda.
Xususan, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilmoqda.
Uchrashuvda bugungi kundagi global jarayonlar, xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan tobora kuchayib borayotgan tahdid va xatarlar sa’y-harakatlarni birlashtirish, konfessiyalararo hamkorlik va muloqotni rivojlantirishni taqozo qilayotgani qayd etildi. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish va yoshlarning axloqiy tarbiyasini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda samimiy qabul uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mehmonlar mamlakatimizda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat, e’tiqod erkinligini ta’minlash, dinga e’tiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlarga yuksak baho berdi.
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari tinchlik, totuvlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi bilan faol muloqot hamda keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















