Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti A.G.Lukashenkoning qo‘shma bayonoti

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti A.G.Lukashenkoning qo‘shma bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2018-yilning 12-14-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Belarus Respublikasi Prezidenti (keyingi o‘rinlarda – «Tomonlar»),

O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga o‘zaro intilishdan kelib chiqqan holda,

ochiqlik, ishonch va o‘zaro anglashuv muhitida muzokaralar olib borib,

o‘zbek-belarus hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini har tomonlama ko‘rib chiqib,

o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashib,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsadlariga hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va normalariga sodiq ekanliklarini tasdiqlagan holda,

xalqaro maydonda, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa universal hamda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatlarini e’tirof etgan holda,

O‘zbekiston va Belarus davlat rahbarlarining mazkur uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirib,

quyidagilar to‘g‘risida bayonot beradilar:

1. Tomonlar O‘zbekiston va Belarus hamkorligi sur’atining izchil oshib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etadilar.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy muloqotni izchil rivojlantirishga, ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm, madaniyat, fan, yuqori texnologiyalar va ta’lim sohalaridagi aniq loyihalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari bilan boyitishga alohida ahamiyat beradilar.

2. Tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanishini ta’kidlaydilar.

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari o‘zaro savdodagi ijobiy o‘sish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini bir necha barobarga oshirish uchun foydalanilmagan salohiyatni ishga solish zarur degan fikrga keldilar.

3. Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, uning nomenklaturasini O‘zbekiston va Belarus bozorlarida xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish hisobiga diversifikatsiya qilish, savdo aylanmasining izchil o‘sishini va uning barqaror xususiyatga erishishini ta’minlash muhimligini tasdiqladilar.

4. Tomonlar, xususan, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlarida, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yaratish bo‘yicha raqobatbardosh va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni birgalikda tashkil qilish orqali o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat beradilar.

5. Tomonlar ikki mamlakatning manfaatdor kompaniyalari o‘rtasida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro yarmarkalar, ko‘rgazma hamda boshqa tadbirlarda ishbilarmon doiralar vakillarining ishtirokiga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

6. Davlat rahbarlari oliy darajadagi tashrif doirasida tashkil qilingan «Belarusda ishlab chiqarilgan» Belarus Respublikasining milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda ishbilarmonlik va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Belarus forumini yuqori baholadilar.

7. Tomonlar xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishdagi hamkorlikni mustahkamlashning samarali shakli sifatida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

8. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor sohalaridagi amaliy hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishning samarali mexanizmi hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatini ijobiy baholaydilar.

9. Prezidentlar ikki davlat manfaatlariga javob beradigan parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro intilishlarini olqishlaydilar.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga O‘zbekiston va Belarus parlamentlari darajasida ko‘maklashish niyatlarini tasdiqladilar.

10. Davlat rahbarlari yangi va yuqori texnologiyalar sohasida, shu jumladan, ikki mamlakatning innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘zaro aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

11. Prezidentlar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, qurol va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalada bo‘lishi, odam savdosi, shuningdek, hozirgi zamonning boshqa tahdid va xatarlariga qarshi kurashishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdilar.

Tomonlar tabiiy ofatlar va texnogen xususiyatli halokatlar xavfini kamaytirish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy organlar salohiyatini mustahkamlashdagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

12. Tomonlar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni asrash, global tahdid va xatarlarga mos harakat qilish, 2015 yilda BMT sammitida qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda davlatlarga ko‘maklashish bo‘yicha barcha jabhadagi masalalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rolini mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

13. Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi bir qator dolzarb masalalar bo‘yicha pozitsiyalarining bir-biriga mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etadilar.

14. Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa universal hamda mintaqaviy xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlaydilar.

15. Tomonlar Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy va global xavfsizlikni saqlash, o‘zaro ishonch hamda ahil qo‘shnichilikni chuqurlashtirishdagi rolini yuqori baholaydilar.

Tomonlar bundan buyon ham Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsiya va gumanitar sohalarda hamkorlikni ilgari surishdagi rolini mustahkamlash maqsadida ikki tomonlama muloqotni kengaytiradilar hamda o‘z sa’y-harakatlarini amalga oshiradilar.

16. Tomonlar tashrif davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalda tadbiq etish O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga hamda ularni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga ko‘maklashishiga ishonch bildiradilar.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va butun O‘zbekiston xalqiga Belarus delegatsiyasiga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda Belarus Respublikasida tashrif bilan bo‘lishga taklif qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Toshkent shahri, 2018-yil 13-sentabr

www.mfa.uz