Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 yanvar kuni joriy yil 1 yanvardan boshlab Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimiga kirishgan Vladimir Norovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi vakilining shunday yuqori va mas’uliyatli lavozimga – ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlanishi tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.

Birinchi marta mamlakatimiz fuqarosi xalqaro tashkilotning rahbari etib tayinlandi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti ochiq va konstruktiv muloqot uchun samarali maydon, ko‘p qirrali hamkorlikning ta’sirchan mexanizmi, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikning muhim omiliga aylangan Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga yuqori baho berdi.

ShHTning asosiy hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan mamlakatlarning suvereniteti,, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va davlat chegaralarining daxlsizligini o‘zaro hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish kabi tamoyillarning asosiy roli qayd etildi.

O‘tgan davr mobaynida ko‘p tomonlama hamkorlikka doir salmoqli shartnomaviy-huquqiy baza shakllantirildi, ShHTning 30 ga yaqin ishchi organi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Xorijiy davlatlar hamda xalqaro tuzilmalarning mazkur nufuzli tashkilot bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga qiziqishi tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ishga solinmagan ulkan salohiyati mavjudligiga alohida e’tibor qaratdi. Xavfsizlikni mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, turizm, qishloq xo‘jaligi hamda mintaqalararo hamkorlik sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etib o‘tildi.

Mamlakatimizda Tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi ta’sis etildi, Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil qilinmoqda.

O‘zbekiston tomonining tashabbusiga muvofiq Sindao sammiti yakunida ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakat dasturi qabul qilindi.

Uchrashuv so‘ngida davlatimiz rahbari V.Norovga ShHT Bosh kotibi lavozimida omad va muvaffaqiyat tiladi.

www.president.uz