Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV VA TURKIYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI REJEP TAYYIP ERDOG‘ANNING QO‘SHMA BAYONOTI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV VA TURKIYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI REJEP TAYYIP ERDOG‘ANNING QO‘SHMA BAYONOTI

1. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 25-26-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘ldi.

2. Muzokaralar do‘stlik, o‘zaro anglashuv va ochiqlik muhitida ikki millat o‘rtasidagi mavjud qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashish maqsadida bo‘lib o‘tdi.

3. Prezidentlar:

o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasida ko‘p asrlik qardoshlik va do‘stlik aloqalarini hamda 1996-yil 8-mayda Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati o‘rtasida abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida Shartnomani hisobga olgan holda,

ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan boshlab 25 yil mobaynida turli sohalardagi do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikning izchil va jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etib,

keng qamrovli ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish shubhasiz ikki qardosh xalqlarning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qilishiga ishonch bildirgan holda hamda davlatlararo aloqalar yangi tarixiy davrga kirib borayotganini ta’kidlab,

ushbu muhim voqea munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladilar.

4. Davlat rahbarlari do‘stlik guruhlari doirasida tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali parlamentlararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdilar.

5. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning ijobiy tendensiyalarini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda ikki mamlakatda xaridorgir bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni tovar aylanmasiga kengroq jalb qilish va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘zaro savdo hajmini doimiy oshirish va diversifikatsiya qilishni ta’minlash istagidalar.

Shu maqsadda, O‘zbekiston tomoni keng turdagi sanoat mahsulotlarini, xususan, transformatorlar, kabel o‘tkazgichlar va boshqa elektrotexnika mahsulotlari, polimerlar, mis va misdan yasalgan mahsulotlar, mineral o‘g‘itlar, ip kalavasi, shuningdek, meva-sabzavotlar, qayta ishlangan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilishga tayyor ekanligini qayd etdi.

6. Davlat rahbarlari 2017-yil 25-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi majlisi muvaffaqiyatli yakunlanganini ijobiy baholadilar. Ular bir qator sohalarda hamkorlikni muvofiqlashtirish va kengaytirish mexanizmi hisoblangan mazkur Komissiyaning yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish o‘ta muhim ekanligini qayd etdilar.

7. Tomonlar energetika va foydali qazilmalar, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiyani tejash va uglevodorodlar sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda ushbu sohalarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ma’lumot va tajriba almashishni qo‘llab-quvvatlaydilar.

8. Prezidentlar 2017-yil 30-sentabrda Toshkentda va 2017-yil 6-oktabrda Istanbulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumlari yakunlarini ijobiy baholadilar.

9. Davlat rahbarlari O‘zbekistonda qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda, eng avvalo, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilishda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokini rag‘batlantirishda davom etishlarini ta’kidladilar.

10. Prezidentlar tashqi bozorlarga eng qisqa va samarali chiqishni ta’minlash uchun transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirishning muhim ahamiyatini qayd etib, tez orada ishga tushiriladigan «Boku-Tbilisi-Kars» temir yo‘li mintaqaviy hamkorlikni kengaytirgan holda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida tashishlarni yengillashtirishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

Shu bilan birga, Prezidentlar ikki mamlakat hududi orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish maqsadida, tranzit tariflarini yanada maqbullashtirish va preferensial shart-sharoitlar taqdim qilishga yo‘naltirilgan tizimli o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari «Turkiya havo yo‘llari» tomonidan Samarqand va Istanbul shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli aviatsiya idoralari o‘rtasida kelishuvga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etib, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va joriy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlar sonini oshirish, shuningdek, yangi parvozlarni yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

11. Davlat rahbarlari turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, turistlar almashinuvini muntazam oshirish hamda ikki mamlakat turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishda investorlarning faol ishtirokini rag‘batlantirishga kelishib oldilar.

12. O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida savdo va iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirish, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekiston tomoni Turkiya Respublikasining tadbirkorlik maqsadlarida va sayyohlar sifatida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan fuqarolari uchun yengillashtirilgan viza rejimini taqdim etishga tayyorligini qayd etdi.

13. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirishni, shuningdek, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan ijtimoiy muhim loyihalarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydilar.

14. Prezidentlar sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohalarida, yetakchi tadqiqot markazlar o‘rtasida tajriba almashish hamda professional kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirishda hamkorlikning rivojlanish sur’atini qayd etdilar.

15. Prezidentlar ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasida kengayib borayotgan aloqalarni mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish va tajriba almashish orqali mudofaa, harbiy sanoat, shuningdek, harbiy-texnikaviy masalalarda hamkorlikni kengaytirish mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

16. Tomonlar tabiiy ofatlarni bartaraf etish va ularning oqibatlarini yumshatishdagi hamkorlikni rivojlantirish hamda ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga kelishib oldilar.

17. Tomonlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni tez-tez va muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish, qo‘shma tadbirlarni tashkillashtirish, shuningdek, diplomatik akademiyalarda diplomatlarni tayyorlash orqali mustahkamlashga kelishib oldilar.

18. Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha pozitsiyalarining bir-biriga o‘xshashligi va yaqinligini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, mintaqaviy va xalqaro darajada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash istagida ekanliklarini ta’kidlab, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini bildirdilar.

19. Prezidentlar har qanday xalqaro nizo, ziddiyat yoki fikrlardagi ixtiloflarni faqatgina siyosiy yo‘l bilan, muzokaralar va boshqa tinch vositalar orqali BMT Nizomida mustahkamlangan halqaro normalar va prinsiplarga muvofiq hal qilish mumkinligini yana bir bor tasdiqladilar.

20. Davlat rahbarlari siyosiy, iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim, madaniy, gumanitar va ijtimoiy sohalarda musulmon mamlakatlarining yanada faol qo‘shma tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan va bu orqali xalqaro hamkorlik, taraqqiyot, tinchlik va xavfsizlikni ilgari surishga hissa qo‘shadigan Islom hamkorlik tashkilotining oliy darajadagi forum sifatidagi rolini mustahkamlash maqsadida uning doirasida sheriklikning muhimligini qayd etdilar.

Turkiya tomoni 2020-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha ikkinchi sammitini o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston tomoni taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatladi va ushbu tadbirda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

21. Prezidentlar zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish, shuningdek, iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishda Shanxay hamkorlik tashkilotining muhimligini ta’kidladilar.

22. Turkiya tomoni Turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashi va uning vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasini kengroq jalb qilish istagini bildirdi hamda O‘zbekiston tomonining tashkilot faoliyatiga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

23. Tomonlar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, narkotiklarning noqonuniy muomalasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, shuningdek, boshqa tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

24. Prezidentlar Afg‘oniston Islom Respublikasida tinchlik va barqarorlikni tez fursatda tiklash tarafdori ekanliklarini qayd etib, afg‘onlar boshchiligida va afg‘onlarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladigan tinchlik va yarashuv jarayonining muhimligini ta’kidladilar. Prezidentlar O‘zbekiston va Turkiyaning Afg‘oniston xavfsizligi, barqarorligi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissalarining ahamiyatini qayd etdilar. Ular, shuningdek, Afg‘oniston bilan uzoq muddatli ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga intilishlariga urg‘u berib, xavfsizlik va taraqqiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tamoyili asosida Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb qilishga ko‘maklashadigan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki mamlakatning sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladilar.

25. Tomonlar suv masalalari bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli vazirliklari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni mamnuniyat bilan qayd etib, suv va oqova suvlarni tozalash, sanitariya, suvga bo‘lgan ehtiyojni boshqarish, suvni chuchuklashtirish hamda suv va oqova suvlardan qayta foydalanish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Shu bilan birga, ular anjumanlar, uchrashuvlar, seminarlar, trening va ishchi tashriflarni tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga doir ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar va hujjatlar, ekspertlar, tadqiqotchilar va boshqa hodimlar bilan almashish orqali o‘rmon xo‘jaligi, cho‘llanishga qarshi kurashish, tuproq degradatsiyasini tartibga solish, eroziya, sel va suv toshqinlari, ko‘chkilarni nazorat qilish hamda integratsiyalashgan suv havzalarini boshqarish sohalarida qo‘shma loyiha va hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

26. Prezidentlar o‘zaro manfaat va paritet asosida ta’lim sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. Tomonlar, shuningdek, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi qoshidagi Toshkent turk maktabiga nisbatan protseduralarni yengillashtirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

27. Davlat rahbarlari ikki xalqning madaniyat, ilm-fan, tarix va tilga oid umumiy qadriyatlarini e’tirof etgan holda, ushbu sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar. Shu maqsadda, ular madaniy markazlarni tashkil qilish va ularning faoliyati to‘g‘risida bitim tuzishga tayyorgarlik ishlarini davom ettirishga, shuningdek, o‘zaro manfaat va paritet asosida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish, olimlar va ekspertlar bilan almashish hamda ilmiy-texnikaviy markaz va laboratoriyalar tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

28. Ikki xalq ko‘plab bebaho madaniy va badiiy yodgorliklarga ega ekanligini inobatga olib, Tomonlar tajriba almashish va qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil qilish orqali ikki mamlakat tegishli idoralari o‘rtasida inventarlarni ro‘yxatga olish hamda umumiy madaniy merosni himoya qilish va tiklashda hamkorlik o‘rnatishga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

29. Turkiya tomoni muqaddas islom dini rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning noyob merosini ilmiy asosda va har tomonlama chuqur o‘rganish borasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholaydi. Shu bilan birga, Tomonlar ular bilan jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga munosib hissa qo‘shishga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.

Shu munosabat bilan, Turkiya tomoni Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashini e’tirof etdi.

30. Tomonlar bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar, shuningdek, ushbu davlat tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida azaliy do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga va butun Turkiya xalqiga O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Respublikasi Prezidentiga 2018-yilda davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lishni taklif qildi. Tashrif muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

Anqara, 2017-yil 25-oktabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an