O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOJIKISTON RESPUBLIKASI, QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI, BELARUS RESPUBLIKASI VA TURKMANISTON HUKUMATLARI RAHBARLARINI QABUL QILDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvda konstruktiv va samarali hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani haqida so‘z yuritildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini alohida ta’kidladi.
Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev bilan uchrashuvda oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni izchil amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo, investitsiya, energetika, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Ikki davlat hududlari o‘rtasidagi va ishbilarmon doiralari darajasidagi faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov bilan uchrashuvda O‘zbekiston – Belarus munosabatlari rivojidagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi.
Qisqa vaqt mobaynida mashinasozlik sohasi, agrosanoat majmuasi, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.
Tomonlar hamkorlikning mavjud salmoqli salohiyatini, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi kooperatsiya imkoniyatlarini to‘la ishga solishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev bilan uchrashuv chog‘ida Turkmanistonga oliy darajadagi tashriflar va davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini strategik sheriklik bosqichiga ko‘targani ta’kidlandi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi kooperatsiyani rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus va Turkmaniston hukumatlari rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o‘z davlatlari rahbarlarining ezgu tilaklarini yetkazdi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















