Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VAZIFASINI BAJARUVCHI, RESPUBLIKA BOSH VAZIRI SHAVKAT MIRZIYOYEV 24-SENTABR KUNI NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARIGA TASHRIF BUYURDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VAZIFASINI BAJARUVCHI, RESPUBLIKA BOSH VAZIRI SHAVKAT MIRZIYOYEV 24-SENTABR KUNI NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARIGA TASHRIF BUYURDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 24-sentabr kuni Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safari davomida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov qarorlariga muvofiq “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmuaning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ushbu sanoat ob’ekti ishga tushirilgach, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida 100 ming tonna PVX va 295 ming tonna metanol ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, kaustik soda ishlab chiqarish hajmi 71,8 ming tonnaga ko‘payadi.

Shavkat Mirziyoyev ammiak va karbamid ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilgan yirik investitsion loyihaning amalga oshirilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda yaratilayotgan quvvatlar yiliga 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi yana bir muhim loyiha – zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga 500 ming tonna azot kislotasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ob’ektga tashrif buyurdi. Yangi korxona ishga tushirilgach, bu yerdagi 50 yil avval o‘rnatilgan eski quvvatlar olib tashlanadi.

O‘zbekiston kimyo sanoati va butun iqtisodiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu loyihalar Yaponiya, Shveysariya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar va uskunalar asosida amalga oshirilmoqda.

Yangi korxonalarda bir ming uch yuzdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida yangi texnologiyalar va uskunalarni boshqaradigan yosh mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ular xorijdagi korxonalarda malaka oshirib, ishlab chiqarishni ishga tushirishda ishtirok etishi va shu korxonalarda mehnat qilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan ham tanishdi. Navoiy shahri bosh rejasining amalga oshirilishi muhokama etilib, kam ta’minlangan oilalar uchun uy-joy qurish, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Viloyat bo‘ylab safari chog‘ida Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jalik ishlarining borishi bilan ham tanishdi, paxta dalalarini ko‘zdan kechirdi. Karmana tumani fermerlari bilan suhbatlashdi.

Navoiy viloyati faollari bilan uchrashuvda hududning eksport salohiyatini oshirish, paxta hosilini yig‘ib-terib olish va kuzgi g‘alla ekishni samarali tashkil etish, ijtimoiy soha ob’ektlari va uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini g‘amlash, kommunal xizmatlar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida qurilayotgan Qandim gazni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi.

Qiymati 2,6 milliard dollarga teng bo‘lgan ushbu yirik investitsion loyiha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilingan 2015-2019 yillarda tarkibiy o‘zgartirishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari Dasturi ijrosi doirasida Rossiyaning “Lukoyl" kompaniyasi bilan hamkorlikda hamda Janubiy Koreyaning «Xunday Injiniring» va Singapurning «Enter Injiniring» kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Xususan, loyihaning amalga oshirilishi yangi yuqori texnologik quvvatlar va zamonaviy infratuzilmani ishga tushirish hisobidan yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash, shu asosda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi

Besh oy avval – joriy yilning 18 aprel kuni Qandim zavodi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tgan edi. O‘tgan davr mobaynida salmoqli tayyorgarlik va qurilish ishlari amalga oshirildi, jumladan, ob’ektlarning vertikal loyihalashtirilishi, tashqi infratuzilmani tayyorlash va barpo etish yakunlandi, navbatdagi qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda, ishlab chiqarish muddati uzoq bo‘lgan barcha uskunalarga buyurtmalar berildi.

Zavodning birinchi navbatini 2018 yilda foydalanishga topshirish, so‘ng qisqa muddatlarda to‘liq quvvatda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shu yerning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev "Lukoyl" neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev "Lukoyl"ning O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘ida qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirokini qayd etib, zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan holda Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishida olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.

O‘z navbatida Vagit Alekperov "Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘ida hayotga tatbiq etilayotgan investitsion loyihalar doirasidagi barcha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishini qayd etdi.

Bugungi kunda "Lukoyl" Qandim guruhi va Havzak, Shodi, Qo‘ng‘irot istiqbolli gaz konlarini o‘zlashtirish, Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt hududidagi neft-gaz uchastkalariga ishlov berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Birgalikdagi geologiya-qidiruv ishlari doirasida Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismida istiqbolli uglevodorod konlari ochildi. Kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga kiritayotgan investitsiyalari hajmi 5,5 milliard dollardan oshdi.

Uchrashuv chog‘ida "Lukoyl" kompaniyasi bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

O’zA