O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tug‘ilgan kuniga 60 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda keyingi yillarda barqaror ijobiy tendensiya kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda Prezident Sooronbay Jeenbekovning o‘tgan yil dekabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi muhim voqea bo‘ldi. Uning yakunida amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha salmoqli kelishuv va bitimlarga erishildi.
Muloqotda sheriklikni mustahkamlash, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiyani kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar hududlararo hamkorlikda mavjud katta salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish lozimligini ta’kidladilar.
Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari o‘rtasida muntazam o‘tkazilayotgan qo‘shma tadbirlarning samarali natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil mart oyida Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi. O‘tgan oyda mamlakatimizda Qirg‘iziston Respublikasi madaniyati va san’ati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. O‘zbekistonda buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Qirg‘iziston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.