O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD NARIMON MAJITOVICH UMAROVNING TARJIMAI HOLI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Majitovich Umarov 1952-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1974-yilda «Gidroingeo» ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. U sug‘orilayotgan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq gidrogeologik prognozlarni ishlab chiqish, er osti suvlaridan iqtisodiyotda oqilona foydalanish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib bordi.
1997-2009-yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab, atrof tabiiy muhit holatini monitoring qilishda yagona davlat tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshqargan.
2009-2013-yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.
2009-yildan «Ekosan» ekologiya va salomatlik Xalqaro xayriya jamg‘armasining boshqaruvi raisi, 2013-yildan O‘zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi etib saylangan. Egallab turgan lavozimida davlat hokimiyati vakillik organlarida «Adolat» SDP deputatlik guruhlarining faoliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
2014-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi, 2015-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
2012-yilda Narimon Umarov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
Oilali. Uch nafar farzandning otasi. Rafiqasi X.Xo‘jaeva – pensioner.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
saylov komissiyasi Matbuot xizmati