O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNI RO‘YXATGA OLISH UCHUN HUJJATLAR TOPSHIRILMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Shu yilning 21-oktabr kuni saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalarning vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarini ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlar taqdim qildilar.
Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga muvofiq siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari – syezdi yoki qurultoyi tomonidan amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, partiyaning vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlar taqdim etdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 242-moddasiga asosan siyosiy partiyaning rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori; siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari ilova qilindi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakillari ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarini ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlar taqdim etdi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspertlar guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning tarkibida Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, jamoat tashkilotlarining vakillari, ichki ishlar, adliya organlarining mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi