Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH SOHASI XODIMLARI KUNINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH SOHASI XODIMLARI KUNINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, PF-5136-son, 2017 yil 7 avgust

Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida sohada ulkan yutuqlar ko‘lga kiritilmokda. Shahar va qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish hamda aholining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz ulkan qurilish-bunyodkorlik maydoniga aylandi.

Mazkur kurilish-bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun respublikamizda 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha 3 ta arxitektura va qurilish instituti faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 12 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 390 ta kasb-hunar kollejida qurilish sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2017 yilda respublikamiz bo‘yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trln. so‘m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o‘sish kuzatiladi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon ko‘p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshiriladi.

Tasdiqlangan maqsadli dasturlar doirasida arzon namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlaridan tashqari, yirik inshootlar va infratuzilma ob’ektlari ham foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda Toshkent shahrida “Bunyodkor” stadioni, “Xayatt Rijensi” mehmonxonasi, “Inha” universiteti filiali, “Minor” masjidi, Farg‘ona shahrida san’at saroyi va futbol stadioni, Jizzax shahrida stadion va universal sport kompleksi, Urganch shahrida universal sport kompleksi va Navoiy konchilik instituti bino-inshootlari zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barpo etildi.

Qurilish sohasini jadal rivojlantirish, qurilishda yangi texnologiyalar va energiya tejamkor materiallarni qo‘llash, qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish soha rivojining yangi davrini boshlab berdi.

Sohada keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunga kelib qurilish sohasi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi.

Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, bugungi kunda sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuklarni keng targ‘ib etish va sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maksadida, shuningdek sohada mehnat qilayotgan keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib:

1. 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, “Davarxitektkurilish” qo‘mitasi, mutasaddi vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlar “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni sohaga mos tarzda va tantanali ravishda nishonlashni ta’minlasinlar.

3. O‘zbekisgon milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bilan bog‘lik tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddat ichida “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni”ni nishonlash bo‘yicha tegishli konun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoev

www.press-service.uz