Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRI ABDULAZIZ KAMILOVNING TOSHKENT SHAHRIDA IHT TIVKNING OCHILISH MAROSIMIDA RAISLIKNI QABUL QILGANIDAN KEYINGI QISQACHA NUTQI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRI ABDULAZIZ KAMILOVNING TOSHKENT SHAHRIDA IHT TIVKNING OCHILISH MAROSIMIDA RAISLIKNI QABUL QILGANIDAN KEYINGI QISQACHA NUTQI

Bismillohir rahmonir rahim,

Janob Xolid as-Sabah, sizga minnatdorchilik bildiraman,

Hurmatli Bosh kotib janoblari,

Hurmatli hamkasblar, xonimlar va janoblar,

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

Avvalo, O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining barcha ishtirokchilarini qutlashga ijozat bergaysiz.

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga musulmon davlatlarning samarali va nufuzli forumi sifatida qaraydi. Ham islom olamida, ham turli e’tiqod vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik, madaniyatlarni o‘zaro hurmat qilish, tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda mazkur tashkilotning roli va ahamiyati beqiyosdir.

IHT TIVKda raislik qiluvchi davlat funksiyalarini bajarish biz uchun ulkan sharaf deb bilamiz. Biz ushbu vazifani Islom tamadduni rivojiga mamlakatimiz tomonidan qo‘shilgan ulkan tarixiy hissani e’tirof etilishi, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida mamlakatimizni hurmatli, mas’uliyatli va nufuzli davlat sifatida qaralishiga ishonch deb hisoblaymiz. Ayni paytda tashkilotni rivojlantirish va uning oldidagi muhim vazifalarni hal etishga o‘z hissamizni qo‘shish uchun imkoniyat deb bilamiz.

TIVKning amaldagi raisi sifatida o‘z sheriklarimiz bilan hamkorlikda IHT salohiyatini yanada kengaytirish va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga munosib hissamizni qo‘shish hamda Tashkilotimiz Nizomida belgilangan oliy maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashishga umid qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Shavkat Mirziyoyev IHTdagi raisligimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil tanishtirdi.

Umid qilamizki, raisligimiz davomida tashkilotning joriy kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatga va musulmon ummati birligini yanada mustahkamlashga erisha olamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.

www.mfa.uz