Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning “Taraqqiyot strategiyasi” Markazida o‘tkaziladigan brifingdagi nutqi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matovning “Taraqqiyot strategiyasi” Markazida o‘tkaziladigan brifingdagi nutqi

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari,

Hurmatli brifing qatnashchilari,

Avvalambor, Tashqi ishlar vazirligining 2018-yildagi faoliyati yakunlari haqidagi axborotni keng jamoatchilikga yetkazish maqsadida o‘tkazilayotgan brifingda ishtirok etayotganingiz uchun minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz.

Vazirligimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ko‘rsatmalari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida o‘z faoliyatini izchil olib bormoqda.

Xususan joriy yilda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, barcha xorijiy sheriklar bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, chet elda O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

I. Ma’lumki, joriy yilning 11-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston diplomatik xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv TIV hayotida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir bo‘ldi, chunki O‘zbekiston Prezidenti 26 yil mustaqillik davrida ilk bor mamlakatimiz diplomatlari bilan uchrashib, ochiq-oydin muloqot qildi va fikr almashdi.

Uchrashuvda, birinchidan, Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi bo‘linmalarining o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi; ikkinchidan, bizga mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Prezidentimiz nutqida iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish - mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, yangi texnologiyalar va innavatsion dasturlarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasidagi ishlarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari oldiga qo‘yilgan ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun «Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Prezident farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora tadbirlari to‘g‘risidagi» Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda Tashqi ishlar vazirligi va uning chet ellardagi vakolatxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ularning huquq va majburiyatlari aniqlab berildi. Vazirlikning yangi tuzilmasi tasdiqlandi.

II. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat dasturiga muvofiq joriy yilda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Davlatimiz Rahbari boshchiligida mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan - yaqin qo‘shnilarga nisbatan ochiq va konstruktiv siyosat olib borish, Markaziy Osiyodagi muammolarni tenglik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va oqilona kelishuv asosida hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarida o‘tish va chegara oldi hududlarda savdoni rivojlantirish kabi juda murakkab va chalkash masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli yechimlar topildi. Natijada O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada kuchaydi. Xususan joriy yilning 9 oyi mobaynida qo‘shni davlatlar bilan bilan savdo aylanmasi o‘rtacha 50 foizga o‘sdi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiq va qardoshlik siyosati qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyoda butunlay yangi, sog‘lom muhit, do‘stona vaziyat hamda mamlakatimiz va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi (9-10 mart) davomida strategik xarakterga ega “Do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi” qo‘shma bayonot va “O‘zbekiston - Tojikiston davlat chegarasining ayrim hududlari haqidagi” shartnoma imzolandi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti E.Raxmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi (17-18 avgust) yakuniga ko‘ra esa 26 ta muhim hujjatlar imzolandi.

Turkmaniston Prezidenti G.Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi (23-24 aprel) chog‘ida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga yuk tashish hajmini ko‘paytirish uchun ikki mamlakat tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanishga kelishib oldilar.

2. O‘tib borayotgan yilda jahonning yetakchi davlatlari bilan ham o‘zaro manfaatli aloqalar sezilarli jadallashdi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashriflari va xorijiy rahbarlar bilan muzokaralari natijasida Rossiya, Belorussiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr hamda Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi va Yaqin Sharqning muhim davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

2018 yilning yanvar-noyabr oylarida davlat rahbarlari darajasida 21 ta tashrif, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifi (2 ta davlat tashrifi - Tojikiston va Hindistonga, 2 ta rasmiy tashrif - AQSh va Fransiyaga, 9 ta ishchi tashrif – ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok yetish uchun) amalga oshirildi. O‘zbekistonga 8 ta davlat (Afg‘oniston, Belorussiya, Misr, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya) rahbarlari tashrif buyurishdi.

Ushbu tashriflarning natijadorligi va tarixiy ahamiyati xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi va yuqori baholandi, shu jumladan:

— Turkiya Prezidenti R.Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi doirasida (29 aprel-1 may) Oliy darajadagi o‘zbek-turk strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi (15-16 may) o‘zbek-amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Tashrif davomida savdo, ta’lim, fan, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ikki mamlakat kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzoladilar;

— Belorussiya Prezidenti A.Lukashenkoning Toshkentga rasmiy tashrifi davomida (12-14 sentabr) 19 ta kelishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 ta savdo shartnomalari imzolandi;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi davomida (30 sentabr-1 oktabr) 20 dan ortiq hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi (8-9 oktabr) O‘zbekiston rahbarining Yevropa Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi rasmiy safari bo‘ldi. Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnomalar va umumiy qiymati 5 milliard yevroga teng bo‘lgan investitsion loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi;

— Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning Toshkentga davlat tashrifi (19-20 oktabr) davomida o‘tkazilgan muhokamalar yakunlari bo‘yicha yadro energetikasi va kosmos sohalaridagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan turli yo‘nalishlarda umumiy qiymati 26 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 20 ta hukumatlararo hujjatlar imzolandi.

Umuman olganda 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlar va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va halqaro tashkilotlar rahbarlari darajasidagi 360 ta tashrif amalga oshirildi.

3. Birlashgan millatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar sezilarli darajada kuchaydi. Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotining to‘laqonli a’zosiga aylandi va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

4. Prezidentimizning yirik xalqaro tashabbuslarini ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. 2018 yilda O‘zbekistonning 10 ta muhim xalqaro tashabbuslari to‘liq amalga oshirildi.

Ular orasida, 15 martda Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi Maslahatlashuv uchrashuvlarining o‘tkazilishini, BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» (22 iyun) va BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” (12 dekabr) rezolyutsiyalarining qabul qilinishini alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu formatdagi ikkinchi urashuv 2019 yilning aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi va davlat rahbari ilgari surgan Afg‘oniston mojarosini hal etish va uni mintaqaviy iqtisodiy loyihalarga jalb qilish bo‘yicha takliflari keng miqyosda xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

6-10 sentabr kunlari Shahrisabzda 70 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida birinchi Maqom san’ati xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarining fikricha, ushbu forum jahon madaniyatining mulkiga aylangan noyob o‘zbek milliy maqomini saqlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining Sindaoda (9 iyun) bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi. Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi O‘zbekiston Respublikasi vakili – V.Norovni ShHTning Bosh kotibi etib sayladi.

27 noyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi faoliyati boshlanishiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fondning asosiy vazifasi O‘zbekiston, BMT va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirish, texnik-moliyaviy resurslarni safarbar etish, mintaqaga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

2018 yilning noyabrida Samarqand shahrida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 70 yilligiga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi. Forum jahon hamjamiyati tomonidan inson huquqlari va qadr-qimmatini yuksaltirishga, manfaatlar va inson huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik global voqea sifatida e’tirof etildi.

11 dekabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan” O‘zbekistonni chiqarganligini e’lon qildi. Bu qaror mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohatlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilishining muhim dalilidir.

5. Shuningdek, jiddiy e’tiborimiz va say’-harakatlarimiz milliy mahsulotlarimiz eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sayyohlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.

6. Joriy yilning oxirigacha 2,7 milliard dollar (2017 yilda – 2,49 milliard) miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kutilyapti. 61 yangi loyiha doirasida, jami 1,6 milliard dollarlik qo‘shma korxonalar tashkil yetildi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rivojlantirish boshlandi. Umuman, o‘tgan 2018 yil mobaynida 1400 ga yaqin yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etildi.

7. Mamlakatga sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida ko‘p ishlar olib borildi. 2018 yil mobaynida O‘zbekistonga 4 millionga yaqin xorijiy fuqarolar tashrif buyurishdi (2017 yilga nisbatan 107 foizga oshdi).

Xorijiy sayyohlarni mamlakatga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. 9 ta davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatgacha vizasiz tartibi, 39 ta mamlakat fuqarolariga viza berishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatildi. Aeroportlarda 72 soatlik tranzit vizalari berilmoqda va xorijda elektron vizalar berish tizimi joriy etildi.

8. Vazirlik va diplomatik missiyalarimiz faoliyatida vatandoshlar bilan muloqot va hamkorlikni rivojlantirish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 okyatyabrdagi 3982-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati konsepsiyasini” ishlab chiqdi.

Konsepsiya vatandoshlarimizning mamlakatamizda kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, shuningdek, ularning salohiyatlarini O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga jalb qilishga qaratilgan.

Bundan tashqari, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan interaktiv muloqot mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq qilindi. Joriy yilda 160 dan ortiq tadbirlar - videokonferensiyalar, brifinglar, taqdimotlar va vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

9. Tashqi siyosatning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha vazirlik tomonidan izchil ish olib borilmoqda.

Oliy Majlis Senatining 13-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan 17-yalpi majlisida "Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida" va "Konsullik nizomini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qonun loyihalari (yangi tahrirda) tasdiqlandi.

“O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasining” yangi tahrirdagi nusxasi ishlab chiqildi va muvofiqlashtirishning yakuniy bosqichida.

10. Chet ellarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xorijdagi konsullik muassasalarining faoliyati kuchaytirildi. Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Vladivostok va Olmota shaharlarida bosh konsulxonalar ochildi. Rostov-Don, Aktau (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida bosh konsulxonalar ochish borasida ish olib borilmoqda.

Kelgusi 2019 yilda ham davlatimiz rahbari boshchiligida muhim tashqi siyosiy tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlar O‘zbekistonning xorijiy sheriklari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini rivojlantirishga, milliy manfaatlarini samarali himoya qilishga va yirik xalqaro tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada kuchaytirishni talab qiladi.

E’tiboringiz uchun katta rahmat.

www.mfa.uz