Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIF MILLIY BANKI YANGI TURDAGI «VERIFIED BY VISA» XIZMATINI TAQDIM ETADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIF MILLIY BANKI YANGI TURDAGI «VERIFIED BY VISA» XIZMATINI TAQDIM ETADI

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki muomalaga chiqarilgan kartochkalar soni 2,1 mln. donani tashkil etdi. Ularning 650 mingtasi yangi tizim “onlayn”dan va 85 mingtasi Visa xalqaro kartasidan iborat.

Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, hodimlari oylik maoshini plastik kartalarda oluvchi korxonalar soni esa 13,5 mingtani tashkil etadi.

Milliy bank tomonidan 18 mingdan ziyod to’lov terminallari o’rnatilgan bo’lib, ular orqali joriy yilning 3 oyi mobaynida umumiy miqdori taxminan 9 mlrd. so’mga teng tranzaksiyalar amalga oshirildi. Aynan shu davrda plastik kartochkalarga 1,1 trillion so’mdan ziyod mablag’ o’tkazildi. Joriy yilning 1 aprel holatiga ko’ra, so’mda ochilgan plastik kartalar hisobida qolgan mablag’ miqdori 223,6 mlrd so’mni tashkil qilgan, xalqaro kartalar bo’yicha esa ushbu ko’rsatkich 20,6 mln AQSH dollariga teng bo’ldi.

Tez orada Milliy bank plastik kartochkalar egalariga xizmat ko’rsatish infratuzulmasini yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Xususan, joriy yilda 15 ta yangi bankomat va 50 ta infokiosk o’rnatish ko’zda tutilgan bo’lib, ularning umumiy sonini mos ravishda 137 va 172 taga yetkazish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, xalqaro Visa kartalari egalari chipli Visa kartalarini muomalaga chiqarish operatsiyalar o’tkazish havfsizligini oshirib, ma’lumotlarga ziyon yetkazish havfini kamaytiradi.

Axborot xizmatlariga ulangach esa mijozlar o’zlariga tegishli Visa kartalari orqali o’tkazilgan operatsiyalar haqida mobil telefonlariga SMS xabarlar , elektron pochtalariga e-mail-bildirgilar, shuningdek Web- va IVR-kabinetlarda ma’lumot olishlari mumkin. Xalqaro kartochkalarga xizmat ko’rsatish dasturi bo’yicha terminal parkini eskilarini yangisiga almashtirish orqali modernizatsiya qilish ham ko’zda tutilgan. Buning natijasida VISA va MasterCard kabi yetakchi to’lov tizimlari kartochkalariga hizmat ko’rsatish ta’minlanadi.

«Virtual olamda xarid qilishni yoqtiruvchilar uchun bank yangi turdagi «Verified by Visa» xizmatini taqdim etadi, u orqali 3D-Secure texnologiyasi bo’yicha Internet-do’konlarda operatsiyalarni bexatar amalga oshirish mumkin. Buning uchun mijozga himoyalangan muhitda ishlash uchun mahsus parol beriladi. Bu servisning afzalligi – unda havfsizik darajasining yuqoriligidir. Yana shuni aytmoqchimanki, elektron kommersiyani joriy qilish doirasida tovarlar va xizmatlar taklif qiluvchi savdo-servis korxonalariga Internet orqali mijozlarga sotishlari uchun ushbu xizmatga ulanish imkoniyati beriladi.

“Jahon” AA