O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO SHARTNOMALARINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA UCHRASHUV HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarini amalga oshirish jarayonini muhokama qilish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi, vazirlik va idoralar, shuningdek mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi shartnomaviy-huquqiy bazasining hozirgi holati va uni kelgusida takomillashtirish istiqbollari tahlil qilindi. Muloqot chog‘ida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatiga asosiy e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mazkur sohadagi xalqaro shartnomalarni bajarishda “O‘zstandart” agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shu kabi uchrashuvlar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro sharnomalari to‘g‘risida”gi Qonunining xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan kuzatuv olib borish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi vakolatiga oid qismi ijrosini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.