Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOVNING DAFN MAROSIMINI O‘TKAZISH BO‘YICHA DAVLAT KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov vafot etgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tarkibda Davlat komissiyasi tashkil etilsin:

Mirziyoyev Sh.M. – O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi;

Yo‘ldoshev N.T. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, komissiya raisining o‘rinbosari;

Ismoilov N.M. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, komissiya raisining o‘rinbosari;

Inoyatov R.R. – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi;

Azimov R.S. – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri;

Haydarov Z.H. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqaruvchisi;

Nazarmuhamedov D.A. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;

Sultonov X.M. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;

Mahmudov V.V. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi;

Erniyazov M.T. – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi;

Axmedbayev A.A. – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri;

Berdiyev Q.R. – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri;

Komilov A.H. – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;

Qurbonov R.D. – “Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi” aksiyadorlik jamiyati direktori, O‘zbekiston Qahramoni;

Mirboboyev B.Sh. – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi;

Ramatov O.J. – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining raisi, O‘zbekiston Qahramoni;

Sanaqulov Q.S. – Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni;

Mirzayev Z.T. – Samarqand viloyati hokimi;

G‘aniyev B. – “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi;

Usmonov Sh.G‘. – Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi raisi;

Usmonov R.D. – Toshkent shahar hokimi;

Sharapova M.A. – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston Qahramoni.

2. Davlat komissiyasi:

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xohish-irodasiga muvofiq dafn marosimini Samarqand shahrida 2016-yil 3-sentabrda tashkil etsin;

2016-yil 3-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasida uch kunlik motam e’lon qilinsin va respublikaning barcha hududlarida motam tadbirlari o‘tkazsin;

xalqimizning, korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning fikrini hisobga olib, bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Spikeri
N.Ismoilov

O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi
Senatining Raisi
N.Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri
Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2016-yil 2-sentabr