Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 64-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan
boshlab – ikki yil;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – to‘rt yil;
v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – sakkiz yil;
g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – o‘n to‘rt yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi»;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas»;
ettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning
150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi»;
2) 69-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning
150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilngasarga nisbatan qo‘llanilmaydi»;
3) 2411 -moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, –
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) takroran sodir etilgan bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, –
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil,
№ 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil,
№ 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1877-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Taftish o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iboratdir.
Zarur bo‘lgan taqdirda, tekshirilayotgan sub’ektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xo‘jalik faoliyatining taftishini o‘tkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra yoxud sudning ajrimi bilan:
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan o‘ttiz kalendar kunga;
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin»;
2) 331-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
«Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi».

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 72-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo‘ljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv o‘zi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga doir choralarni ko‘rmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa ob’ektlarni joylashtirish, – fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
2) 74-modda:
birinchi qismidagi «er osti suvli qatlamlari» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
«Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, – fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
3) 126-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«126-modda. Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish»;

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish»;
4) 152-moddaning birinchi qismidagi «davlat standartlari» degan so‘zlar «texnik reglamentlari yoki davlat standartlari» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 153-moddaning nomidagi va dispozitsiyasidagi «tarmoq» degan so‘z chiqarib tashlansin;
6) 173-moddaning nomidagi va dispozitsiyasidagi «Standart talablariga yoki texnik shartlarga» degan so‘zlar «Texnik reglamentlarga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 212-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«212-modda. Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik»;

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi»;
uchinchi qismining dispozitsiyasidagi «standartlarning majburiy talablariga» degan so‘zlar «texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 214-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«214-modda. Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzish»;

birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning), sertifikatlashtirish organlarining va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarining (markazlarining) mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzishi»;
9) 2191-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2191-modda. Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish

Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, – rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;
10) 261-moddaning birinchi qismidagi «74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida» degan so‘zlar «74-moddasining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 265-modda:
birinchi qismidagi «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan» degan so‘zlar «Texnik reglamentlarga, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin:
ikkinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi «standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan» degan so‘zlar «texnik reglamentlarga, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi «standartlar» degan so‘z «texnik reglamentlar, standartlar» degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 3243-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi «bir oy»="" degan so‘zlar «ikki oy" bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 3–8, va 11-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev

www.uza.uz