O’zbekiston san’at ustalarining konserti bo’lib o’tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Davlat konservatoriyasida “O’zbekiston yakkaxon ijrochilari” kamera orkestrining konserti bo’lib o’tdi. Unda badiiy rahbar hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Anvar Raimjanov dirijyorlik qildi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Konsertda Yevropa va milliy musiqa san’atining eng sara asarlari yangradi. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali laureati Abror Alimatov, xalqaro tanlovlar laureati Mariya Axadjanova hamda Elnura Mirzakamalova, skripkachi Yelena Matveyeva, Laura Raimjanova, Axtem Mustafoyev, saksofonchilar Arsen Atabekov, Rustam Islomov, pianinochi va improvizator Valeriy Saparov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, fleyta chaluvchi Alisher Sayfullayev, violonchel chaluvchi Sardor Ibragimov va boshqalar mazkur konsertda o’z san’atlarini namoyish etishdi. Shuningdek, kechada O’zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova, xalqaro tanlovlar laureati Jabroil Idrisov, Rahim Mirzakamalov va Asmik Arutyunyans ham ishtirok etishdi.
“Jahon” AA