O’ZBEKISTON SARMOYAVIY SALOHIYATI: TENDENSIYALAR VA ISTIQBOL
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida tarmoqlar sarmoyaviy salohiyati yildan-yilga ortib bormoqda.
So’nggi yillarda mazkur sohadagi iqtisodiy ko’rsatkichlarda hajm va sifat jihatidan ijobiy natijalarni kuzatishimiz mumkin. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2014-yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 33,7 trln. so‘mni tashkil qilgan hamda o’tgan yili shu ko’rsatkichga nisbatan 9,6 foizga o’sgan. Mazkur investitsiyalar AQSh dollari ekvivalentida 14,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lib, o’sish ko’rsatkichi 10,9 foizga teng.
2015-yilda ushbu sohada davomli ravishda ijobiy o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Joriy yilning 1-choragida asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalar hajmi 8,7 foiz o’sish bilan 6,7 trln. so`mni tashkil qilgan bo’lsa, mazkur iqtisodiy ko’rsatkich AQSH dollari ekvivalentida 8,4 foiz o’sish bilan
2,7 mlrd. AQSH dollariga teng bo’ldi.
Hozirda yurtimizda olib borilayotgan uzoq muddatga mo’ljallangan iqtisodiy islohotlar natijasida asosiy e’tibor investitsiyalarning sifat jihatiga hamda mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlariga uzoq muddatli davrda mos kelishiga qaratilmoqda. Xususan, O’zbekiston va Jahon banki o’rtasidagi hamkorlikning yangi strategiyasi doirasida 2020-yilgacha 5,7 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan loyihalar dasurini amalga oshirishning belgilanishi ham buning yaqqol isbotidir. Mazkur loyihalarning 53 foizga yaqini, ya’ni 3 milliard AQSh dollari qiymatiga teng loyihalar energetika sohasida amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar o’zaro amalga oshiriladigan loyihalarning qariyb 40 foizi energetika sohasi va energiya tejamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
Bundan tashqari mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar asosida tashkil qilingan yuzlab korxona va zavodlarni misol qilib keltirish mumkin. Namuna tariqasida Janubiy Koreyaning “Samsung” kompaniyasi, Xitoyning taniqli “Midea” kompaniyasi, Italiyaning “Gloria” hamda Turkiyaning yirik “Odul” kompaniyalari bilan hamkorlikda 2011-yilda tashkil qilingan “Artel” korxonasini keltirish mumkin. Mamlakatimiz maishiy texnika va elektronika bozorini o’zining sifatli va aholibop mahsulotlari bilan to’ldirayotgan mazkur korxona hozirda sezilarli ravishda ommmalashib bormoqda.
“Artel” – mamlakatimizda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘lib, kompaniya mahsulotlarni “KAIZEN” uslubida ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, yuqori texnologiyalar va sanoat sohalarini rivojlanishtirish mazkur sohada ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda.
“Jahon” AA