Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON - SHARQNING DURDONASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON - SHARQNING DURDONASI

Ozarboyjonda ingliz tilida nashr qilinadigan “Azeri Observer” jurnalida ana shu sarlavha ostida mamlakatimizning madaniy va tarixiy diqqatga sazovor maskanlariga bag’ishlangan maqola chop etildi.

Unda ko’p sonli va qadimiy yodgorliklar hamda go’zal tabiati bilan O’zbekiston butun dunyoni o’ziga maftun etishi aytiladi. “Mamlakat necha asrlar davomida savdogarlar, geograflar, elchilar hamda sayyohlar yurgan Buyuk Ipak yo’li kesishgan chorrahada joylashgan”, deyiladi maqolada.

Nashrda shuningdek, qachonlardir mazkur serne’mat zaminda yashagan olimlar, mutafakkirlar va shoirlarning ijodi va ilmiy merosi dunyo tamaddunining bebaho xazinalari hisoblanishi qayd etiladi. “Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro - bu o’zbek xalqi ajdodlarining qisqagina ro’yxati, xalos”.

Maqolada O’zbekistonning dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlari me’morchilik, hunarmandlik va amaliy san’at rivojlangan, taniqli ilmiy markazlar va maktablar asos solingan maskanlar hisoblanishi ta’kidlanadi.

Shu o’rinda hunarmandlik sirlari bebaho xazina kabi avloddan avlodga o’tib kelishi aytiladi. “Bugun O’zbekistonda madaniy qadriyatlarni saqlashga katta e’tibor qaratiladi, - deb yozadi Ozarboyjon jurnali. - Qadimiy va an’anaviy san’atni qayta tiklash qadrlanadi, ularni yanada rivojlantirish qo’llab-quvvatlanadi. O’zbek kulolchiligi, misgarlik, yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, gilamdo’zlik, charmga tasvir solish va zargarlik mahsulotlarini mamlakatdan tashqarida ham juda yaxshi bilishadi”.

O’zbekistonning nomoddiy merosiga batafsil to’xtalar ekan, nashr ularning o’ta noyob ekanini alohida ta’kidlaydi. “Masalan, Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga xalqiga xos folklor qo’shiqlari, Navro’z bayrami, palov milliy taomi bilan bog’liq madaniy an’analar xalqaro hamjamiyatning muhofazasida bo’lgan ob’yektlar sifatida YUNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan”.

“O’zbekiston - haqiqatan ham o’ziga xos milliy madaniyatga ega bo’lgan g’aroyib o’lka, bunda tarixiy merosni avaylab asragan holda zamonaviy iqtisodiyot, ilg’or ilm-fan va san’at rivojlangan davlat barpo etilmoqda, - deya xulosa qiladi “Azeri Observer”. - Tarix, an’anaviy madaniyat, noyob tabiiy go’zallik ixlosmandlari va mehmondo’st xalqni ko’rmoqchi bo’lganlar uchun O’zbekiston ayni mamlakatdir”.

“Jahon” AA, Boku