Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’zbekiston ShHT makonida savdo munosabatlarini rivojlantirish bo’yicha amaliy takliflar bildirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'zbekiston ShHT makonida savdo munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha amaliy takliflar bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining keng doiradagi muzokaralarida ishtirok etdi.

Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan birga kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev ShHT faoliyatini takomillashtirish, savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

«Joriy yil boshidan O’zbekistonning ShHTga a’zo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdosi hajmi o’ttiz foizdan ziyod oshdi. Lekin bu mavjud imkoniyatlarimizning cheki emas.

Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlashni yanada o’stirish uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish kerak.

Shuningdek, biz davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda «yashil yo’laklar» tarmog’ini kengaytirish tarafdorimiz», dedi davlatimiz rahbari.

ShHT makonining transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi, bu borada «Bir makon, bir yo’l» tashabbusi doirasida mintaqalararo transport loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz O’zbekiston – Qirg’iziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot temir yo’llarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors ko’rfazi, Shimol – Janub va Sharq – G’arb transmintaqaviy yo’laklarni rivojlantirish tarafdori ekani qayd etildi.

Prezidentimiz yuqori texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyot sohalarida innovatsion dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari bo’yicha ham o’z takliflarini bildirdi.

www.president.uz