Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI USTUVORLIKLAR “SPUTNIK” AXBOROT AGENTLIGI NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI USTUVORLIKLAR “SPUTNIK” AXBOROT AGENTLIGI NIGOHIDA

Ma’lumki, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasida salmoqli natijalarni qo’lga kiritgan mamlakatimiz ayni paytda bu yo’nalishdagi yangi vazifalarni hal qilishga da’vat etilgan. “Sputnik” axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvi haqida tarqatgan materialda shu haqda fikr yuritilgan.

Axborot agentligi ma’lum qilganidek, mamlakatimizda xalq salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladigan sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag’batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqning munosib hayot sifatini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bugungi kunda qishloq vrachlik punktlari birlamchi tibbiy ko’rikni o’tkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi qonuni bilan mustahkamlangan.

Shuningdek, “Sputnik” o’z o’quvchilarini respublikamiz aholisiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash bo’yicha davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar bilan ham tanishtirgan. Jumladan, uzoq hududlardagi aholi yashash joylarida ilg’or texnologiyalardan foydalangan holda tibbiy ko’rik va sifatli davolash uchun malakali mutaxassislar tayyorlash lozimligi ta’kidlandi. Qishloq vrachlik punktlarida kechayu kunduz ishlar uzluksiz tashkil etilishini ta’minlash maqsadida shifokorlar uchun uylar barpo etish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish taklif etilayotgani qalamga olingan.

Yuqoridagilardan tashqari, agentlik mamlakatimizda sog’liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, jahondagi yetakchi tabobat markazlari, ta’lim muassasalari hamda taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar bo’yicha aniq-ravshan ustuvorliklar belgilab olinganini ham ma’lum qilgan.

“Jahon” AA, Moskva