Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON TADBIRKORLARI JAHON BOZORLARINI EGALLAMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON TADBIRKORLARI JAHON BOZORLARINI EGALLAMOQDA

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida mamlakatimizdagi 520 dan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti umumiy qiymati 980 million AQSh dollaridan ziyod tovar va xizmatlarni eksport qildi. Ko‘plab tadbirkorlarimiz MDH davlatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda tobora muhim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda ushbu sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56 foizni tashkil etmoqda. Ushbu sohada mehnatga layoqatli aholining 77 foizi mehnat qilmoqda. Tadbirkorlarning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingani bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir.

So‘nggi bir necha oyda 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu yangiliklar xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik himoyasini yanada kuchaytirib, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etdi. Mazkur chora-tadbirlar samarasida tadbirkorlarimiz nafaqat mahsulotlar hajmi va turini, balki ularning eksport ko‘lamini ham kengaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bu borada ularga har tomonlama ko‘maklashmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2013-yili tashkil etilgan mazkur jamg‘arma maslahat, huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatmoqda. Tashqi bozorlarni o‘rganish, xaridorlar topish, ruxsat berish uchun zarur hujjatlarni olish, eksport shartnomalarini tayyorlash va tuzishga ko‘maklashmoqda. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 1 ming 782 tadbirkorlik subyekti jamg‘arma xizmatlaridan foydalandi.

– Joriy yil boshidan buyon 163 tadbirkor xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi, – deydi jamg‘arma yetakchi mutaxassisi Shohruh Alixonov. – “Yashil hafta – 2015” (Berlin), “FoodEx Japan – 2015” (Chibo), “Ipak yo‘li – 2015” (Urumchi), “Tekstillegprom – 2015” (Moskva) kabi yirik xalqaro tadbirlar shular jumlasidan. Ayni paytda jamg‘arma va uning xorijiy sheriklari mamlakatimiz biznes hamjamiyati vakillariga yuqori darajadagi qulayliklar yaratishga intilmoqda. Jumladan, ularning ko‘rgazma stendlarini xarid qilish, xorijiy mamlakatlarda yashash va ichki transport xizmatidan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlari qoplanmoqda.

Shu bilan birga, chet ellik istiqbolli hamkorlarning mamlakatimizga tashrifi tashkil etilib, tadbirkorlarimiz bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning fevral va aprel oylarida Latviya, Litva, Qozog‘iston, Rossiya ishbilarmon doiralari vakillari Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdi. Muzokaralar natijasida O‘zbekistondan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 303,9 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

Bu boradagi ishlar shu yilning avgust oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida davom etdi. MDH va Yevropa kompaniyalari vakillari meva va sabzavot yetishtirish, ularni qayta ishlash, saqlash bo‘yicha mamlakatimiz salohiyati bilan tanishtirildi, taqdimot marosimlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirkorlarning bilimini oshirish masalasiga ham jamg‘arma tomonidan alohida e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-seminarlari, davra suhbatlarida eksport faoliyatining huquqiy va amaliy asoslari, mahsulotni sotish mumkin bo‘lgan xorijiy bozorlar, hamkorlar topishning qoida va tartiblari, ishbilarmonlik hujjatlarini tuzish haqida ma’lumotlar taqdim qilinmoqda. Shu yilning birinchi yarmida jamg‘arma xodimlari mamlakatimizdagi 2300 ga yaqin korxona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Iyun oyida jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yangi turdagi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qildi. Tanlov oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlovda tadbirkor va fermerlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari xodimlari, olim hamda tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Eng yaxshi loyihalar moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlanadi.

Muxtasar aytganda, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati mamlakatimiz xususiy sektori tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va eksportga yo‘naltirish, ularning jahon bozoriga chiqishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, biznes hamjamiyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi o‘z samarasini berayotganidan dalolatdir.

WWW.UZA.UZ