Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSI – TINCHLIK VA OSOYISHTALIKDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSI – TINCHLIK VA OSOYISHTALIKDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari yurtimizning turli hududlarida bo‘lib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi maslahatchisi Yevgeniy Kozyak o‘z taassurotlarini O‘zA muxbiriga so‘zlab berdi:

– Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari saylov okruglari va saylov uchastkalarida olib borilgan ishlar bilan tanishdik. Barcha saylov okruglari, uchastkalari Prezident saylovini o‘tkazishga tayyor. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovchilar, komissiya a’zolari, xorijlik kuzatuvchilarning ehtiyojlari inobatga olinib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Ona va bolalar uchun alohida xonalarning mavjudligi, ovoz berish jarayonlari ko‘rsatilgan axborot materiallarining tayyorligi ham e’tiborimizni tortdi.

Namangan shahrida okrug saylov komissiyasi rahbarlari, tashkilotchilari va a’zolari ishtirokidagi seminarda ham qatnashdik. Ovoz berish qonun-qoidalari mutasaddi xodimlar tomonidan tushuntirildi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonini kuzatdik, ro‘yxatda keltirilgan saylovchilar bilan alohida-alohida suhbatlashdik, ular o‘zi munosib deb bilgan nomzodni yashirin ovoz berish yo‘li bilan tanladi. Xorazmda ham shunday bo‘ldi. Umuman olganda, O‘zbekistonda saylov tadbirlari yuksak darajada tashkillashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida aholining har bir qatlami e’tiborga olingan qonun va qarorlar qabul qilingan. Nogironlar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning ovoz berishda ishtirok etishi masalasiga ham munosib yechim topilgan. Har bir saylov uchastkasi nogironlarning aravachalari bemalol binoga kirishi uchun alohida panduslar bilan jihozlangan. Kabinalardan biri nogironlarning ovoz berishi uchun ajratilgan. Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov byulletenlarining tarqatilishi har bir fuqaroning o‘zi, hech kimning yordamisiz ovoz berishi imkonini bermoqda. Bularning barchasi imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy va siyosiy faoliyatga to‘laqonli jalb etilganidan dalolatdir.

O’zA