Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARI: FAYOZTEPA BUDDAVIYLIK IBODATXONA MAJMUASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARI: FAYOZTEPA BUDDAVIYLIK IBODATXONA MAJMUASI

O’zbekiston zamini jahon tamadduni ochoqlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda asrlar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida dunyoning eng mashxur tamaddunlaridan hech qolishmaydigan qadimgi baqtriya, xorazm va sug’d madaniyati markazlari aniqlandi.

Bundan tashqari, O’zbekiston qadimdan faqatgina savdo yo’llari kesishgan markaz bo’lib qolmasdan, balki moniylik, buddaviylik va zardushtiylik singari turli xil dinlar tinch va osoyishta amal qilingan makon ham hisoblangan. Hozirda mamlakatimizning eng janubiy hududi bo’lgan Surxondaryo viloyatida mazkur davrga oid bir nechta buddaviylik ibodatxona majmualari saqlanib qolgan. Ular orasida Ayritom, Qoratepa va Fayoztepa tarixiy yodgorliklari eng mashxur madaniy markazlar hisoblanadi.

Fayoztepa kompleksi 1963-yilda arxeolog L.Albaum tomonidan eski Termiz shahri markazidagi Qoratepa balandligida joylashgan buddaviylik ibodatxonasi yaqinida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Mazkur tarixi yodgorlik qazilmalarni topish jarayonida arxeologlarga katta yordam bergan o’zbek arxeolog-olimi R.Fayozov sharafiga nomlangan.

Yodgorlikdan Kushon davlati davriga oid tangalar topilganligi sababli madaniyat gullab-yashnagan davri tahminan miloddan avvalgi I va milodiy IV asrlarga to’g’ri keladi.

Fayoztepa ibodatxona majmuasi o’zining boy bitiklari va yaxshi saqlangan haykallari bilan boshqa yodgorliklardan ajralib turadi. Majmua 19 ta alohida binodan iborat bo’lib, uning devorlari chuqur o’yilgan mustahkam qo’rg’on shaklida qurilgan. Undagi alohida buddaviylik hovonchasi tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg’otgan.

Bino uch qismdan iborat. Birinchi qism yashash joyi va qo’shimcha binolar. Ikkinchi qism oshxona va ovqatlanish xonasi. Uchinchi qism esa ibodxona. Majmua maxsus quvurlar orqali Amudaryo suvini o’zida jamlaydi.

Fayoztepa faqatgina Markaziy Osiyo hududida joylashgan ibodatxonalardan biri bo’lib qolmasdan, balki buddaviylik suratlari aks etgan eng noyob yodgorliklardan biri hisoblanadi. Xususan, Ibodatxonaning sajdagohida Budda haykali joylashgan, sajdagoh devorlari rangbarang devoriy suratlar bilan bezatilgan. Mazkur haykal yoshi eramizdan avvalgi I asrga to’g’ri keladi.

Ko’pchilik haykallar qizil rang bilan boʻyalgan, soʻng ustidan oltin suvi yurgizilgan. Sajdagoh devorida qizil kiyimda Budda tasviri saqlangan. Uning 2 tomonidan yelkalariga yelkapoʻsh tashlagan uzun kiyimdagi 2 odam rasmi tushirilgan. Mazkur haykallar bugun O’zbekiston tarixi muzeyining eng nodir eksponatlaridan biri hisoblanadi.

"Jahon" AA