Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON TASHQI SIYOSIY YANGI YO’LINING TIMSOLI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON TASHQI SIYOSIY YANGI YO'LINING TIMSOLI

Odatda oqilona ichki siyosatning mantiqiy davomi bo’lgan tashqi siyosat yaxshi tashqi siyosat hisoblanadi. O’z-o’zidan ayonki, bugungi kunda O’zbekiston ijtimoiy hayoti boshdan oxir xalqning hayotiy manfaatlari, fuqarolar farovonligi, boshqa mamlakatlar bilan o’zaro do’stona munosabatlarni ta’minlashga qaratilgani bois yangi mazmun-mohiyatni kasb etdi. Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning pragmatizm zaminidagi ustuvorliklarga asoslangan tashqi siyosiy strategiyasi amalda o’zining salmoqli natijalarini berishda davom etmoqda.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’on taklifiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 – 26-oktabr kunlari ushbu mamlakatga buyuradigan davlat tashrifi mamlakatimiz yetakchisi yuritayotgan tashqi siyosiy yangi yo’lning navbatdagi yorqin ifodasi bo’ladi.

Shuni qayd etish o’rinliki, 1991-yili Turkiya birinchilardan bo’lib O’zbekiston mustaqilligini tan olgan. 2017-yil mart oyida esa mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan kunga roppa-rosa chorak asr to’ldi.

Ma’lumki, ko’p asrlik tarix, lisoniy va yagona diniy yaqinlik, mushtarak urf-odat, an’ana hamda qadriyatlar o’zbek va turk xalqlarini bir-birlari bilan chambarchas bog’lab turadi. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi ana shunday poydevor ustiga qurilgan do’stona aloqalar zamonaviy bosqichda ham izchil mustahkamlanib bormoqda. Turli yillar davomida O’zbekiston hamda Turkiya davlat va hukumat rahbarlarining bir necha marotaba tashrif almashuvlari bo’lib o’tdi.

Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdo’g’on 2016-yil sentabrida O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandda bo’lgan chog’ida o’z mamlakati O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi ustuvor sherigi, deb hisoblashini ta’kidlagan edi. O’z navbatida Shavkat Mirziyoyev respublikamiz Turkiyaga hamkorligi o’zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan muhim va uzoq muddatli sherik sifatida qarashini qayd etdi.

Ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining o’zaro tashriflari hamda muntazam ravishda o’tkazilayotgan davra suhbatlari va biznes-forumlar keyingi paytlarda o’zaro munosabatlar yanada chuqurlashib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Jumladan, yaqinda, 5-oktabrda Bosh vazir o’rinbosari Jamshid Qo’chqorov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Turkiyada bo’ldi. Tashrif chog’ida Turkiyaning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashuv hamda muzokaralar, Istanbulda qo’shma biznes forumi bo’lib o’tdi.

Shu o’rinda O’zbekiston - Turkiya hamkorligining shartnoma-huquqiy zamini mustahkam bo’lib, u 65 ta shartnoma va bitimdan iborat ekanligini qayd etish joizdir. Ushbu hujjatlar savdo, iqtisodiyot, ilm-fan, sayyohlik, transport, madaniyat va boshqa sohalarni qamrab olgan. Oldinda turgan oliy darajadagi tashrif chog’ida tomonlar 20 dan ziyod shartnoma va bitimni imzolashi rejalashtirilgan.

Mamlakatlarimiz o’zaro munosabatlarda har ikki tomon uchun manfaatli bo’lgan savdo-iqtisodiy aloqalarga katta e’tibor qaratmoqda. Turkiya O’zbekistonning muhim va yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda turk kapitali ishtirokidagi 479 ta kompaniya, shu jumladan, 199 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. 53 ta turk kompaniyasining vakolatxonasi ro’yxatdan o’tkazilgan.

O’zbekistonda vakolatxonasi 1993-yildan buyon faoliyat ko’rsatayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) sa’y-harakatlari yuqori bahoga loyiqdir. O’tgan davr mobaynida mazkur tizim tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnikaviy zaminini modernizatsiyalashda, qishloq xo’jaligi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga yo’naltirilgan loyihalarni hayotga tadbiq etishda faol ishtirok etdi. Birgina 2016-yilgacha bo’lgan davrda ana shu maqsadlar uchun ushbu agentlik tomonidan 23 million AQSh dollaridan ziyod mablag’ ajratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalar ham izchil rivojlanmoqda. Ikki mamlakat jamoatchiligini O’zbekiston va Turkiyaning tarixiy, madaniy, sayyohlik, ilmiy va ma’naviy salohiyati bilan yaqindan tanishtirishga yo’naltirilgan tadbirlar o’tkazilmoqda.

Jumladan, 2013-yili mamlakatimizning “Tantana” bolalar folklor ansambli Izmir va Istanbulda o’tkazilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi. “Hunarmand” uyushmasi ustalari Anqarada o’tkazilgan xalq amaliy san’ati xalqaro ko’rgazmasida O’zbekistonni namoyon etishdi.

Turkiya ijodiy jamoalari Samarqandda o’tkaziladigan an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining faol ishtirokchilari hisoblanadi.

Bundan tashqari, o’tgan yil iyun oyida Anqarada O’zbekiston madaniyati kunlari, sentyabr oyida esa Istanbul san’at galereyasida O’zbekiston rassomlari asarlarining o’n kunlik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Turkiya davlat teleradiokompaniyasi (TRT) mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalar munosabati bilan Toshkentda uyushtiriladigan tantanali tadbirlarni retranslatsiya qilishni tajribadan o’tkazayotgani barobarida respublikamiz erishgan muvaffaqiyatlar va uning diqqatga sazovor maskanlari haqidagi o’z reportajlarini ham namoyish etmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga buyurajak davlat tashrifi o’zaro hurmat, ochiqlik va xayrihohlikka asoslangan uzoq muddatli va ko’p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun har ikki mamlakatga yaxshi imkoniyatlar yaratishiga shubha yo’q. Qolaversa, oliy darajadagi muzokaralar mamlakatlarimizning gullab-yashnashi va xalqlarimiz farovonligi yo’lida davlatlararo munosabatlarni yanada e’timodli darajaga ko’taradi.

“Jahon” AA