Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON TIBBIYOTI: ULKAN E’TIBOR SAMARALARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON TIBBIYOTI: ULKAN E'TIBOR SAMARALARI

Poytaxtimizda 4-may kuni O‘zbekiston ftiziatrlari va pulmonologlarining VIII syezdi o‘z ishini boshladi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston ftiziatrlari va pulmonologlari ilmiy-tibbiyot jamiyati hamkorligida tashkil etildi. Unda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya, Chexiya kabi yigirmaga yaqin mamlakatdan besh yuzdan ziyod olim, shifokor hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining maxsus elchisi Mishel Kazachkin, Moskva pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Aleksandr Chuchalin va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom va uzoq umr kechirishini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, turli yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va ular yuksak samaralar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-martda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sil kasalligi bilan kasallanishni kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida bu sohadagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Jahon tibbiyotining ilg‘or usullari va vositalaridan samarali foydalanilmoqda. Natijada mamlakatimizda silni davolash samaradorligi 87 foizga yetgan. Jahon miqyosida ushbu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etadi.

Sil kasalligi ijtimoiy xavfi yuqori xastaliklar toifasiga kiradi. Bu dardga chalinganlar uzoq muddatli tibbiy-ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezadi. Mamlakatimizda bunday bemorlar davlat muhofazasiga olingan. Ularga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi, dori-darmonlar bepul beriladi. Bunday chora-tadbirlar samarasida mamlakatimizda sil bo‘yicha epidemiologik vaziyat yaxshi saqlanmoqda. Keyingi o‘n yilda bu borada o‘lim ko‘rsatkichi uch marta, kasallanish deyarli ikki barobarga kamaydi. Bemorlarni sog‘lomlashtirish muddati 8-10 oydan ikki oygacha qisqardi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakatimizda ftiziatriya xizmatini takomillashtirish, xususan, sil va surunkali nospetsifik o‘pka kasalliklariga qarshi kurashish, mazkur xastaliklarni eng zamonaviy muolajalar asosida samarali davolashga yo‘naltirilgan yetakchi ilmiy muassasadir. Markazning referens laboratoriyasi sifat ko‘rsatkichlari uchun xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan jahondagi eng yaxshi o‘nta laboratoriyadan biri ekanini alohida ta’kidlash joiz. Hududlardagi shifoxonalar ham kasallikni aniqlash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy apparatlar bilan ta’minlangan. U yerlarda kasallik profilaktikasi, diagnostikasi va davolash ishlari kuchaytirilgan.

Bu jarayonda jahon tibbiyotining ilg‘or uslullaridan samarali foydalanilmoqda. Xususan, tibbiy tekshiruvlarning bakteriologik asosda tashkil etilayotgani xastalikni erta aniqlash, xalqaro standartlar asosida davolash imkonini bermoqda. Bu tizim xastalik davolanishi va dorilar ta’sir ko‘rsatkichini muntazam o‘rganib va baholab boradi. Tibbiyot markazining yosh va iqtidorli mutaxassislari silga qarshi kurashning ilg‘or usullari va jarrohlik amaliyoti bo‘yicha AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Malayziya, Niderlandiya, Rossiya singari mamlakatlarning nufuzli klinikalaridagi hamkasblari bilan muntazam tajriba almashib kelmoqda.

– Tashkilotimiz O‘zbekiston bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib keladi, – deydi “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro nodavlat tibbiy-gumanitar tashkilotning sil bo‘yicha loyiha rahbari Bern Tomas Nyangva (Buyuk Britaniya). – Mamlakatingizda sil xastaligining oldini olish, tashxis qo‘yish va jahon andozalari darajasida davolashga erishilmoqda. Ushbu anjumanda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, xususan, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida olib borilayotgan ishlar o‘rganiladi.

Olimlarimizning ilmiy izlanishlari, silga qarshi profilaktika va immunizatsiya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani natijasida bu yo‘nalishdagi epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Bu jarayonda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash, mutaxassislarning kasb malakasi va mahoratini, aholining tibbiy savodxonligini yuksaltirish – doimiy e’tiborda.

Shifokorlar kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzalligini ko‘p ta’kidlashadi. Mamlakatimizda aholining tibbiy madaniyati va bilimini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, televideniye, radio va gazetalarda mutaxassislarning chiqishlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Joylarda o‘tkazilayotgan tibbiy tekshiruvlar, salomatlik haftaliklari doirasida malakali mutaxassislar jamoatchilikka sil va boshqa yuqumli xastaliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.

Anjuman qatnashchilari sil kasalligi profilaktikasi, diagnostikasi va davolash ishlarini yanada takomillashtirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish kasallikka qarshi kurash jarayonidagi ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Kelgusida aholini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishning profilaktik tadbirlarini yanada kuchaytirish, onkologik hamda sil kasalliklari shifoxonalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilayotgani qayd etildi.

– O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani o‘z samaralarini bermoqda, – deydi “Salt Medis” kompaniyasining bosh direktori Sang Ok Li (Koreya Respublikasi). – Mazkur anjuman O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi bilan yaqindan tanishish, turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan ftiziatriya va pulmonologiya sohasida fikr almashish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir. Anjuman doirasida O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida g‘oyat salmoqli ishlar amalga oshirilayotganiga amin bo‘ldik. Mamlakatingizda aholining barcha qatlamiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengayib borayotgani e’tiborga molik. O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi yutuqlarini chuqur o‘rganish va qo‘llash yuksak samaralar beradi.

Syezd doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, jumladan, ftiziatriya va pulmonologiya sohasida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazma, shuningdek, mamlakatimizda ftiziatriya va pulmonologiya sohasida yaratilgan tizim yutuqlari aks etgan hujjatli film namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

– O‘zbekistonda ftiziatriya va pulmonologiya sohasida amaliyotga tatbiq etilayotgan zamonaviy usullar, qo‘llanilayotgan yangicha yondashuvlar ulkan natijalar bermoqda, – deydi “Medecins Sans Frontieres” tashkilotining mintaqaviy tibbiy muvofiqlashtiruvchisi Kalyan Krishna (Hindiston). – Bunday samarali islohotlar dunyoning ko‘plab davlatlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur anjuman bu boradagi aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish, o‘zaro fikr almashish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirning birinchi kunida sil kasalligiga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy xususiyatlari, yangi dori vositalari, suyak-bo‘g‘im silini kompleks davolashda jarrohlik usullari, o‘pka silining nur diagnostikasi, surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi va yurak-tomir patologiyasi, ushbu kasallikni davolashda tizimli enzimoterapiya, bolalarda sil diagnostikasi va davolashning xalqaro standartlari, birlamchi davolash muassasalarida respirator patologiyasini diagnostika qilish, silning mikrobiologik diagnostikasi, ftiziatrlar praktikasiga yangi normativ hujjatlarni tatbiq etishga oid ma’ruzalar tinglandi, fikr almashildi.

Uch kun davom etadigan syezd doirasida davra suhbatlari, tanlov va mahorat darslari o‘tkaziladi. O‘zbekistonda silga qarshi kurashish milliy dasturining amalga oshirilishi bo‘yicha ftiziatriyada erishilgan yutuqlar, xorijiy mamlakatlarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, sil va o‘pka kasalliklari bilan kurash strategiyasida ustuvor yo‘nalishlar, bolalarda sil va nospetsifik o‘pka kasalliklari, yangi dorilar, nafas organlari kasalliklarida tibbiy reabilitatsiya, astma evolutsiyasi, torakal jarrohlikning zamonaviy yo‘nalishlari, ftiziatriya va pulmonologiyada o‘quv dasturlariga oid masalalar atroflicha muhokama etiladi.

Syezdning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

"Jahon" AA