O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK KORXONALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUVLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 4-7-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonning ilg‘or to‘qimachilik korxonalari rahbarlari va xorijiy ekspertlar bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yangi tashqi bozorlarga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, jahonga mashhur o‘zbek paxtasidan tekstil tovarlari tayyorlovchi aksariyat korxonalar ishlab chiqarish jarayonida eng zamonaviy texnologiya va jihozlardan foydalanar ekan, hozirda mahsulotning sifati hech bir tomonda shubha uyg‘otmaydi.
Tadbirkorlar YI davlatlari bozorlariga tegishli o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga To‘qimachilik bayonnomasining imzolanishini va 2017-yil 1-iyulda kuchga kirishini ma’qulladilar. Shu o‘rinda ta’kidlanganidek, mazkur kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumot YI bojxona xizmatlariga hozirgi vaqtga qadar rasman yetkazilmagan. Bu holat turli darajadagi ikki tomonlama muzokaralarda muntazam ko‘tarilayotgan o‘zaro savdoning kengayishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Suhbat davomida o‘zbek mahsulotlarini chet el bozorlariga ekport qilishni oshirishni diplomatik qo‘llab quvvatlashga doir boshqa masalalar batafsil muhokama qilindi.