O‘ZBEKISTON TOJIKISTONGA INSONPARVARLIK YORDAMI JO‘NATDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston hukumati Tojikiston Respublikasi tog‘li hududlarida ro‘y bergan katta qor ko‘chkilari oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar yetkazgan, balki insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida qaror qildi.
Qo‘shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar bor.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga yetkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.
O‘zbekistonning Tojikistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yana bir amaliy ifodasidir.
O’zA