Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – TURKMANISTON HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – TURKMANISTON HUKUMATLARARO KOMISSIYASINING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining o‘n ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sanoat, neft-gaz, energetika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, fan-texnika, transport va transport kommunikatsiyalari, bojxona, madaniyat kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning doimiy muloqotlari natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi yaratilgan. Bu savdo, iqtisodiyot, yoqilg‘i-energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, fan, madaniyat, sayyohlik kabi ko‘plab sohalardagi hamkorlik rivojiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, elektr va mexanika uskunalari hamda turli sohadagi xizmatlar eksport qilinmoqda. Turkmanistondan mamlakatimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boshqa kimyoviy tovarlar keltirilayotir.

2015-yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 320 million AQSh dollarini, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 177 million dollarni tashkil etdi.

Yig‘ilishda hamon davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, jahon bozorlarida kon’yunkturaning beqarorligi tashqi savdoga ta’sir o‘tkazayotgani, tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va o‘zaro savdo hajmini oshirish orqali aloqalardagi ijobiy tendensiyalarni rivojlantirayotgani qayd etildi.

Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yo‘llari yaxshi integratsiyalashgan. Bu o‘zaro tovar ayirboshlashga qulaylik yaratish bilan birga uchinchi davlatlar uchun tranzit vazifasini ham o‘tamoqda. Ushbu sohada qo‘shimcha imtiyozlar berilishi, tranzit narxlari kamaytirilishi eksport hajmining oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

– Turkmaniston ham O‘zbekiston kabi xalq manfaatlarini ta’minlash, farovonligini oshirishni asosiy maqsad qilgan, – dedi Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, komissiya hamraisi Dovran Orazmuradov. – Buning uchun mamlakatlarimizda ulkan salohiyat mavjud. Bir-birimizga taklif qiladigan tovar va xizmatlar talaygina. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, O‘zbekiston bilan iqtisodiyot, sanoat, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish niyatidamiz.

Komissiya majlisida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashning o‘suvchan dinamikasini saqlab qolgan holda uning hajmini yanada ko‘paytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Birgalikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish, tadbirkorlar hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hukumatlararo komissiya majlisi yakuni bo‘yicha qo‘shma protokol imzolandi.

Turkmaniston delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

O’zA