O’ZBEKISTON U-20 TERMA JAMOASI G’ALABASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

24-may kuni Yangi Zelandiyaning Velington shahrida U-20 yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston U-20 terma jamoasi Panama U-20 yoshlariga qarshi o’rtoqli uchrashuvida maydonga tushdi va 2:2 hisobida durang o’ynadi. Urashuv teng kurashlar ostida kechdi va yakunda 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so’ng ikkala tomonning o’zaro kelishuviga ko’ra terma jamoalar penaltilar seriyasida o’zaro bahs olib borishdi. Ushbu bahsda O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 5:3 hisobida ustun keldi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Velington shahrida 28-may kunigacha tayyorgarlik olib borishadi va shundan so’ng Jahon chempionati guruh uchrashuvlarini o’tkazish uchun Kraystchertch shahriga uchib ketadi.
Ravshan Haydarov shogirdlari Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvini 1 iyun kuni Gonduras yoshlar terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.
“Jahon” AA