O’ZBEKISTON U-20 YOSHLAR TERMA JAMOASI JAHON CHEMPIONATIGA JIDDIY TAYYORGARLIK KO’RMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyada joriy yilning 30-may kunida boshlanadigan mundialga jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda. Shu kunga qadar Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 ta o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazib, unda 13ta o’rtoqlik va nazorat uchrashuvlari o’tkazdi, deya xabar beradi O’zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ravshan Haydarov shogirdlari Urugvay, Portugaliya, Yangi Zelandiya kabi kuchli terma jamoalar bilan o’yinda o’z tengdoshlari bilan kuch sinashdilar.
O’yinlar davomida 45 nafar futbolchidan biz 26 futbolchini tanlab olindi. Ulardan 21 nafari Jahon chempionatiga boradiganlari bo’lsa, 5 futbolchi zahira ro’yxatiga tushdi.
20-may kuni O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Yangi Zelandiyaga uchib ketadi. 28-mayga qadar Vellingtonda jamoa yig’ini o’tkaziladi. Mazkur yig’in doirasida Vellingtonda Panama bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkaziladi.
“Jahon” AA