O‘ZBEKISTON UCHUN KONVENSIYA KUCHGA KIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun 1948-yil 9-iyulda San Fransisko shahrida (AQSh) imzolangan Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konventsiyasi kuchga kirdi.
O‘zbekistonning ushbu Konventsiyaga qo‘shilishi 1948-yildagi Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgan, har bir insonning uyushmalarga birlashish huquqini kafolotlovchi va inson huquqlarini himoya qiluvchi umume’tirof etilgan me’yorlarga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining fundamental konvensiyalariga mamlakatimiz sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Hujjat ilg‘or xalqaro tajriba asosida kasaba uyushmalarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.