“O’ZBEKISTON ULKAN SARMOYAVIY SALOHIYATGA EGA”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekistonning tadbirkorlar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasidagi tajribasi Germaniya ishbilarmonlari tomonidan ham atroflicha sharhlanmoqda.
Masalan, “MARWIKO AG” kompaniyasi vakili Andreas Yopt “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida O’zbekistonda ishbilarmonlikning rivojlanishini katta qiziqish bilan kuzatib borishini ma’lum qildi.
Mamlakatingiz nafaqat boy tarixiy-madaniy merosga, balki ulkan iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatga ham ega, - dedi u. - O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, shubhasiz, yuqori bahoga loyiqdir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan xususiy jabha har qanday mamlakatda yalpi ichki mahsulotning shakllanishi, aholi bandligining ta’minlanishi va odamlarning farovonligini oshirishda eng muhim bo’g’in hisoblanadi.
Shu o’rinda yana bir muhim jihatni ta’kidlash joiz. Bu tadbirkorlikning huquqiy asosiga tegishlidir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar O’zbekiston rahbariyatining iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga bo’lgan sodiqligidan dalolat beradi.
Qabul qilinayotgan hujjatlarning, jumladan, biznes sub’yektlariga yangi imtiyozlar berilishi, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil institutining tashkil etilishi, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining hayotga tadbiq etilishi respublikaning jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun qo’shimcha turtki berishiga shubha yo’q.
Biz Germaniyaning bu boradagi katta tajribasini hamda O’zbekistonning jahondagi ilg’or tajribani o’rganish va uni amalda qo’llashdan manfaatdor ekanligini hisobga olgan holda o’zbekistonlik sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikka tayyormiz.
“Jahon” AA, Berlin