O’ZBEKISTON: UZOQ MUDDATLI VA BARQAROR IQTISODIY O’SISH
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Turkiyaning “Turkish News” va Ozarbayjonning “Ethnoglobus” axborot agentliklari veb-saytlarida O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyoti hamda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan maqola chop etildi.
Materialda mustaqillik yillarida O’zbekistonda samarali texnik, texnologik va moliyaviy asos hamda barqaror iqtisodiy o’sish yo’lga qo’yilganligi ta’kidlanadi.
Shuningdek, maqolalarda O’zbekiston Respublikasida 2015-yil 1-mayda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo’yicha e’lon qilingan ma’ruza haqida batafsil ma’lmot berilgan.
Unga ko’ra, O’zbekiston hukumatining barqaror iqtisodiy o’shish, daromadlarning aholi o’rtasida adolatli taqsimlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati jamiyatda ijtimoiy totuvlik va ahllikni hukm surishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 2001-2013-yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sishga qaratilgan islohotlar natijasida O’zbekistonda kamta’minlanganlik darajasi deyarli ikki barobar - 27,5 foizdan 14,1 foizga kamaydi.
O’zbekistonning iqtisodiy siyosati asosiy sohalarga hamda infratuzilma rivojlanishiga keng qamrovli investitsiyalarni jalb qilishdan iborat. Xususan, 2002-2013-yillarda milliy iqtisodiyotga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalari hajmi 6,4 marta – 2,0 dan 12,1 milliard AQSH dollariga oshdi. Respublika agrar mamlakatdan zamonaviy sanoatlashgan davlatga aylandi.
2001-2013-yillarda YAIMda sanoat ulushi 14,1 % dan 24,2 % ga, xizmatlar sohasi 44 % dan 53 % ga ortdi. Shuningdek, YAIMda agrar soha ulushi 30, % dan 17,6 % ga qisqardi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga alohida e’tibor berila boshladi. Mazkur soha uchun imtiyoz va erkinliklar yaratib berildi.
Sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2001-2013-yillarda YAIMdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi - 33,8 % dan 55,8 % ga, sanoatda - 12,5 % dan 28,1 % ga, qishloq xo’jaligida - 74,5 % dan 98,1 % ga, xizmatlar sohasida - 37 % dan 48,9 % ga ortdi. Sohada band aholi soni 51,8 % dan 76,7 % ga ortdi. Aholi daromadlarida mazkur soha ulushi mustaqillik yillarida 27 % dan 50,7 % ga ko’paydi.
“Jahon” AA