Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON VA AQSH PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON VA AQSH PREZIDENTLARINING TELEFON ORQALI MULOQOTI HAQIDA

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o’rtasida telefon orqali muloqot bo’lib o’tdi.

Ikki davlat rahbarlari ko’p qirrali O’zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

O’zbekiston va AQSh rahbarlarining 2017-yil may oyida Ar-Riyoz shahrida va joriy yil sentabrda Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan uchrashuvlari siyosat va xavfsizlik, savdo, investitsiya, moliya, texnologiyalar sohalarida va madaniy-gumanitar yo’nalishdagi hamkorlik sezilarli darajada faollashishiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampga O’zbekiston delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish maqsadida AQShga tashrifi chog’ida uyushtirilgan samimiy qabul, shuningdek, AQSh-O’zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan yirik biznes-forum ishtirokchilariga yo’llagan tabrik so’zi va ushbu anjumanni qo’llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

O’z navbatida AQSh Prezidenti O’zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, uning mehnatkashligi tahsinga loyiq ekanini ta’kidladi. U mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, demokratik va iktisodiy isloxotlarning yangi boskichi jumladan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan anik tadbirlarni yana bir bor qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

AQSh Prezidenti O’zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qo’shnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati va faol sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Davlat rahbarlari Afg’onistonni iqtisodiy tiklashda uni xalqaro miqyosda keng qo’llab-quvvatlash muhimligini qayd etdilar. Shu ma’noda Afg’oniston Prezidentining dekabr oyidagi O’zbekistonga tashrifi chog’ida erishilgan muayyan loyihalarni amalga oshirish borasidagi kelishuvlarga yuksak baho berildi.

O’zbekiston va AQSh Prezidentlari o’zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligini ta’kidladilar.

Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli rejalarini birgalikda ko’rib chiqish maqsadida Prezident D.Tramp mamlakatimiz rahbariga AQShga rasmiy tashrif bilan borishni taklif etdi.

Suhbat yakunida ikki mamlakat rahbarlari bir-birini kirib kelayotgan 2018-yil bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarni izhor qildilar.

www.prezident.uz