Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON VA BELGIYA PARLAMENTLARI VAKILLARINING UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON VA BELGIYA PARLAMENTLARI VAKILLARINING UCHRASHUVI

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Belgiya Qirolligi parlamenti Vakillar palatasi raisi Zigfrid Brake boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muzokara davomida mehmonlarga O’zbekistonning ikki palatali parlamenti, chunonchi, Qonunchilik palatasi faoliyati to’g’risida so’zlab berildi. Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” barqaror rivojlanishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot chog’ida O’zbekiston bilan Belgiya o’rtasidagi hamkorlik aloqalari ko’plab sohalar qatori parlamentarizm yo’nalishida ham izchil rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Delegatsiya a’zolari tomonidan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va demokratik islohotlar ijobiy baholandi. Shuningdek, ular mamlakatda olib borilayotgan siyosatni, xususan, tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik ta’minlanayotgani, fuqarolarning munosib hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilganini alohida ta’kidlashdi.

O’zbekistonda “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida olib borilayotgan keng ko’lamli sa’y-harakatlar, ayniqsa, fuqarolik jamiyatining muhim bo’g’ini bo’lgan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

Ta’kidlab o’tilganidek, O’zbekiston Respublikasining bu boradagi tajribasi Belgiya tomoni uchun dolzarb ahamiyatga ega.

O’z navbatida, mehmonlar O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi bilan mustahkam aloqalar samarali davom etishi har ikki tomon uchun foydali ekanligini bildirdilar.

Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o’rtasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

WWW.NARODNOESLOVO.UZ