O‘ZBEKISTON VA FINLANDIYA O‘RTASIDA BITIM IMZOLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 8-mart kuni Xelsinki shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining Finlandiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Finlandiya Respublikasi o‘rtasidagi ikkiyoqlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini olish to‘g‘risida 1998-yil 9-apreldagi Bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev va Finlandiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Timo Soyni imzoladilar.
Ushbu Bayonnoma bilan Bitimga soliq shaffofligi xalqaro standartlariga mos keluvchi yangi o‘zgartirishlar kiritiladi.