O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari boshlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

21 yanvar kuni Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi.
Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qo‘ydi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentimiz sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.