Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON VA GOLLANDIYA IKKI YOQLAMA SOLIQQA TORTISHNING OLDINI OLISH KONVENSIYASI TO’G’RISIDAGI PROTOKOLNI IMZOLADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON VA GOLLANDIYA IKKI YOQLAMA SOLIQQA TORTISHNING OLDINI OLISH KONVENSIYASI TO'G'RISIDAGI PROTOKOLNI IMZOLADI

Gaaga shahrida O’zbekiston va Gollandiya o’rtasidagi Ikki yoqlama soliqqa tortish hamda foyda va mablag’dan soliq to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish bo’yicha 2001-yil 18-oktabrda kuchga kirgan konvensiyaga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi protokol imzolandi.

Mamlakatimiz degelatsiyasining Gollandiya Moliya vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvi chog’ida mezbonlar tomonidan O’zbekiston Nederlandlar Qirolligi uchun Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat ekani ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yil mamlakatlarimiz o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlik va hurmat asosida rivojlanib kelayotgan diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 25 yil to’lishi, Gollandiya O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi doirasida hamkorlik qilishga muhim e’tibor qaratishi alohida qayd etildi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik orqali tomonlar iqtisodiyot sohasi, qonun ustuvorligi, ma’muriy boshqaruv va ta’lim masalalari kabi qator muhim yo’nalishlarda birgalikda faoliyat yuritishlariga urg’u berildi.

Muzokaralar yakuniga ko’ra, imzolangan protokol soliq ma’lumotlarini almashish samaradorligini oshirish imkoniyatini berishi va ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tomonlar shuningdek, Nederlandlar Qirolligi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi davlat Soliq qo’mitasining o’zaro aloqalarni qo’llab-quvvatlash va chuqurlashtirish bo’yicha kelishuvga erishdilar.

“Jahon” AA, Gaaga