O’ZBEKISTON VA HINDISTON DORISHUNOSLARI HAMKORLIK MASALALARINI MUHOKAMA QILDILAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish - bugungi kunning asosiy talabi hisoblanadi. Ushbu masala davlatimiz rahbariyatining doimiy e’tiborida bo’lib, buning uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ana shu maqsadda Namangan viloyati delegatsiyasi Hindistonda bo’ldi.
O’zbekiston vakillari tashrif doirasida Hindistondagi yirik farmatsevtika sanoati bilan shug’ullanuvchi birlashmalardan biri - “MJ Biopharm” kompaniyasining Mumbay shahridagi bosh idorasida bo’lib, hamkorlikda Namangan viloyatida dori-darmonlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalasini muhokama qildilar.
Muzokaralar chog’ida “MJ Biopharm” kompaniyasining moliya masalalari bo’yicha direktori Dxaval Vashi hozirgi vaqtda Hindiston va O’zbekiston o’rtasida dorishunoslik sohasidagi aloqalar jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.
— Ishonamizki, biz muhokama qilayotgan loyihaning amalga oshirilishi mamlakatingizda zamonaviy tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish, aholini zarur dori-darmon bilan ta’minlash, ularning eskportini yo’lga qo’yish hamda yangi ishchi o’rinlarini yaratish imkoniyatini beradi, - dedi D.Vashi.
O’z navbatida Hindiston biznes vakillariga O’zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mamlakatda biznes yuritish imkoniyatlari, qulay ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhiti haqida batafsil ma’lumot berildi.
Namanganlik mutaxassislar kompaniyaning bir qator korxonalarida ham bo’lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishdilar.
“Jahon” AA, Dehli