O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi muzokaralarni keng doirada davom ettirdi.
Hindiston ko‘p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi. Bu sohalar rivojiga katta e’tibor qaratayotgan mamlakatimiz uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkor.
Muzokarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.